O‘zbek gilosining asosiy xaridorlari ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu sovmestnogo predpriyatiya "Uz-Segang"
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu sovmestnogo predpriyatiya Uz-Segang - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yil boshidan buyon 12 ta davlatga qiymati 22,4 mln dollariga teng bo‘lgan 18,4 ming tonna gilos eksport qilgan.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston 5 oy davomida eng ko‘p gilosni Rossiyaga eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Shu yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 12 ta davlatga qiymati 22,4 mln dollariga teng bo‘lgan 18,4 ming tonna gilos eksport qilgan.
Gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 7,9 ming tonna
Qozog‘iston – 6 ming tonna
Qirg‘iz R. – 4,2 ming tonna
Belarus – 102 tonna
Polsha – 52 tonna
Koreya – 47 tonna
BAA – 8,2 tonna
Eslatib o‘tamiz, may oyida Andijon viloyati jami 195 tonna, qiymati 136 ming dollarga teng gilos eksport qilingan. Unda Rossiya va Qirg‘iziston o‘zbek gilosining asosiy xaridori bo‘lgandi.
Yangiliklar lentasi
0