Magistraturaga kirish tartibi o‘zgardi - prezident qarori

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishStudenti, illyustrativnoe foto
Studenti, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
Magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga kirish tartibi o‘zgardi. Bu haqida “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarorda nazarda tutilgan.

Baklavriat:

oliy ta’lim muassasalariga qabul 20-iyundan boshlanadi;
qabul qilishda davlat buyurtmasi parametrlari prezident farmoyishiga ko‘ra tasdiqlanadi;
davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;
OTMga imtihonsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lganlar - qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
bakalavriat yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;
talabaga o‘qishini ko‘chirishga faqat ikki holatda ruxsat beriladi: turmush qurib boshqa hududga ko‘chganda yoki davlat xodimining ish joyi o‘zgarishi munosabati bilan.

Magistratura:

magistraturaga qabul qilishda bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi, hamda xorijiy tilni bilish haqidagi sertifikat asosida amalga oshiriladi. Mutaxassislik fanidan imtihon o‘tkazilmaydi;
avgust oyidagi qabul – navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalar uchun;
yanvar oyidagi qabul – yozda to‘lmay qolgan o‘rinlar hamda Davlat qabul komissiyasi tasdiqlangan kontrakt asosidagi qo‘shimcha kvotalar uchun bo‘ladi;
davlat OTMlari magistraturasiga o‘qishga kirgan barcha xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdorlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Prezident farmoyishiga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi 121 395 nafar etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0