https://oz.sputniknews.uz/20220616/aqsh-elchisi-garb-ukrainaga-yordam-berishda-qiyinchilikka-duch-kelayotganini-tan-oldi-25365986.html
AQSh elchisi G‘arb Ukrainaga yordam berishda qiyinchilikka duch kelayotganini tan oldi
AQSh elchisi G‘arb Ukrainaga yordam berishda qiyinchilikka duch kelayotganini tan oldi
Sputnik O‘zbekiston
AQShning NATOdagi vakilining aytishicha, Kiyevning qurol-yarog‘ so‘rovlari tez-tez o‘zgarib turadi. 16.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-16T14:25+0500
2022-06-16T14:25+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
aqsh
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24969052_0:158:1024:734_1920x0_80_0_0_2eb214670b8c0eee50a4861f92adfb2d.jpg
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkizib berishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, chunki Ukrainadan so‘rovlar deyarli har kuni kelib tushadi va tez-tez o‘zgarib turadi, ba’zi davlatlar zaxiralarini tugatishga yaqin turibdi. Bu haqda AQShning NATOdagi elchisi Juliann Smit Vashingtondagi konferensiyada ma’lum qildi, deya yozdi RIA Novosti.Juliann Smitning ta’kidlashicha, AQShning bir qator ittifoqchilari allaqachon o‘zlarida mavjud bo‘lgan deyarli hamma narsani berishgan. Bu mamlakatlar zaxiralar tugab borayotgani sababli “asta-sekin xavotir bildira boshlagan”. Hozir ular Ukrainaga yana nima berishlari mumkinligini qayta ko‘rib chiqmoqda.Seshanba kuni Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Kiyev G‘arb davlatlaridan o‘zi uchun zarur bo‘lgan qurollarning atigi 10 foizini olganini aytdi. Chorshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga qiymati 1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuborishinima’lum qildi.Eslatib o‘tamiz, Moskva G‘arbning Ukraina Qurolli kuchlari uchun harbiy tizimlar yetkazib berish orqali mojaroni cho‘zishga urinishlariga bir necha bor ishora qilgan. Mudofaa vazirligi o‘q-dorilar omborlari Rossiya aviatsiyasining qonuniy nishoniga aylanishi haqida ogohlantirgan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24969052_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_32b92de3a2a92d23a93ea38546e1a14a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, ukraina, rossiya
dunyoda, aqsh, ukraina, rossiya
AQSh elchisi G‘arb Ukrainaga yordam berishda qiyinchilikka duch kelayotganini tan oldi
14:25 16.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) AQShning NATOdagi vakilining aytishicha, Kiyevning qurol-yarog‘ so‘rovlari tez-tez o‘zgarib turadi.
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkizib berishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, chunki Ukrainadan so‘rovlar deyarli har kuni kelib tushadi va tez-tez o‘zgarib turadi, ba’zi davlatlar zaxiralarini tugatishga yaqin turibdi. Bu haqda AQShning NATOdagi elchisi Juliann Smit Vashingtondagi konferensiyada ma’lum qildi, deya yozdi
RIA Novosti. “Biz deyarli har kuni Kiyevdan kelayotgan doimiy o‘zgaruvchan so‘rovlar ro‘yxatini hal qilishimiz kerak. Bizga ko‘plab so‘rovlar kelib tushmoqda. Ittifoqchilarimiz bilan birgalikda ulardan qaysi biriga javob bera olishimiz, kim nima berishga tayyorligini aniqlashga harakat qilyapmiz. Bu qiyin, chunki so‘rovlar doimiy ravishda o‘zgarib turadi”, deydi u yangi Amerika xavfsizligi bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida.
Juliann Smitning ta’kidlashicha, AQShning bir qator ittifoqchilari allaqachon o‘zlarida mavjud bo‘lgan deyarli hamma narsani berishgan. Bu mamlakatlar zaxiralar tugab borayotgani sababli “asta-sekin xavotir bildira boshlagan”. Hozir ular Ukrainaga yana nima berishlari mumkinligini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Seshanba kuni Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Kiyev G‘arb davlatlaridan o‘zi uchun zarur bo‘lgan qurollarning atigi 10 foizini olganini aytdi. Chorshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga qiymati 1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuborishinima’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Moskva G‘arbning Ukraina Qurolli kuchlari uchun harbiy tizimlar yetkazib berish orqali mojaroni cho‘zishga urinishlariga bir necha bor ishora qilgan. Mudofaa vazirligi o‘q-dorilar omborlari Rossiya aviatsiyasining qonuniy nishoniga aylanishi haqida ogohlantirgan.