Xerson viloyatida Rossiya pasportini olmoqchi bo‘lganlar turnaqator navbatda turishmoqda

© Sputnik / Aleksey MayshevRossiyskie pasporta, arxivnoe foto
Rossiyskie pasporta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Xerson viloyati hukumati Rossiya fuqaroligi olishni xohlovchilar soni kun sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya pasportini olish istagida bo‘lgan Xerson viloyati aholisi soni kundan kunga o‘sib bormoqda. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
“Juda katta ajiotaj. Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olmoqchi bo‘lganlar soni ko‘payib bormoqda”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.
Stremousovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ra odamlar Rossiya himoya qila olishi, Rossiya mamlakatda kishini ijtimoiy ta’minlay olishi uchun Rossiya fuqaroligini olish uchun hujjat topshirishga navbatlarda turishibdi.
Viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari hududda 10 mingdan ziyod kishi Rossiya pasportini olish uchun hujjat topshirib bo‘lganini ta’kidladi.
Stremousov pasportlar har kuni berilayotgan, shunga qaramay navbatlardagi odamlar soni ortib borayotganini qo‘shimcha qildi. Viloyat hukumati hujjat qabul qiluvchi markazlarni ko‘paytirgan.
Eslatib o‘tamiz, maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Xerson va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Hududlarda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga chiqa boshladi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda.
Xerson viloyatida birinchi Rossiya banki ish boshladi
25 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisi Rossiya fuqaroligini soddalashtirgan tartibda olishni ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0