Si Szinpin Rossiya o‘z manfaatlarini himoya qilishga haqli ekanini qayd etdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Szinpin
Prezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Putin va Si - Rossiya va Xitoy munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini, savdo sotiq rekord darajada ekanini qayd etishdi.
TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Rossiya o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tashqi tahdidlarga qarshi amalga oshirayotgan harakatlari qonuniydir, dedi XXR raisi Si Szinpin Vladimir Putin bilan telefon suhbatida. Kreml matbuot xizmati xabariga asosan.
Xabarda qayd etilishiga ko‘ra, Rossiya prezidenti suhbatdoshiga “Ukrainadagi vaziyat va maxsus harbiy operatsiya doirasida hal etilayotgan vazifalar borasida prinsipial baho” bergan.
Rossiya va Xitoy rahbarlari ikki davlat munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini va doimiy ravishda yaxshilanib borayotganini qayd etishgan.
Shuningdek, rahbarlar davlatlararo savdo-sotiqning bu yilgi hajmi rekord darajada bo‘lishi kutilayotganini ham aytib o‘tishdi va energetika, moliya, sanoat va tarsnport sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi.
Undan tashqari Putin va Si harbiy va harbiy-texnik aloqalarni rivojlantirish borasida ham kelishib olishgan.
“Jahon miqyosidagi vaziyat muhokama qilinar ekan, Rossiya va Xitoy, avvaligidek, xalqaro huquqining asosiy tamoyillariga amal qilish, xalqaro munosabatlarning - ko‘p qutbli va adolatli tizimini yaratish tarafdori ekanini yana bir bor qayd etishdi", - deyilgan xabarda.
Xitoy rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash, xususan, Blagoveshchensk-Xeyxe ko‘prigida harakat boshlangani tufayli o‘sib borayotganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0