Saudiya kompaniyasi o‘zbek ziyoratchilarga mehmonxona va aviatsiya xizmatlarini taklif qildi

© REUTERS / SAUDI PRESS AGENCYMusulmanskie palomniki okrujayut Kaabu
Musulmanskie palomniki okrujayut Kaabu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Saudiya kompaniyasi o‘zbek ziyoratchilarga mehmonxona va aviatsiya xizmatlarini ko‘rsatish taklifini bildirdi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining “MANAZIL” kompaniyasi raisi Sulton Ahmad Banun bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi "Dunyo" AA.
© IA "Dunyo"Saudovskaya kompaniya predlojila gostinisi i aviaperevozki dlya palomnikov iz Uzbekistana
Saudovskaya kompaniya predlojila gostinisi i aviaperevozki dlya palomnikov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Saudovskaya kompaniya predlojila gostinisi i aviaperevozki dlya palomnikov iz Uzbekistana
Muzokaralar chog‘ida kompaniya vakillarining 16-iyun kuni O‘zbekistonga amaliy safarini amalga oshirish, shuningdek, tegishli vazirlik hamda idoralar, xususiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Sulton Banun so‘nggi besh yil ichida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini qayd etar ekan, ushbu aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida kompaniya o‘zbek tomoni bilan hamkorlik qilish taklifini bildiradi.
“"MANAZIL" kompaniyasi Haj va Umra mavsumlarida chet ellik ziyoratchilarga mehmonxonalar va aviatsiya xizmatlarini taqdim etish sohasida 30-yillik tajribaga ega, - dedi Sulton Ahmad Banun. - Bu borada Shimoliy Afrikadagi arab davlatlari bilan samarali hamkorligimiz mavjud. Biz O‘zbekiston bilan ham aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. O‘zbekistonga safarimiz davomida tegishli tashkilot va firmalar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zaro kelishuvga erishamiz, degan umiddamiz.
O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi rahbari, o‘z navbatida, mamlakatning investitsiya va eksport salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi.
Yangiliklar lentasi
0