“Sanksiyalar uchun tovon to‘lashmoqda”: AQSh va YeIda inflyatsiya keskin oshdi
21:32 15.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
© Sputnik / Evgeny OdinokovAvtomobil vo vremya zapravki
© Sputnik / Evgeny Odinokov
Obuna bo‘lish
Germaniyada inflyatsiya rekord darajaga ko‘tarildi - bunaqasini nemislar 1973-yillardan buyon ko‘rmagan edi. Hammasidan ko‘p energetika uchun pul sarflanmoqda. AQShda ham narxlar ortda qolayotgani yo‘q: okeantorti mamlakatida benzin narxi jadal oshib bormoqda. Tahlilchilarning aytishicha, G‘arb bu bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun tovon to‘lamoqda. Yevropaliklar va amerikaliklar yana qancha muddat tejab-tergab xarajat qilishlari kerak - batafsil RIA Novosti materialida.
Inflyatsiya chuqurida
GFRda narxlar keskin ortib bormoqda. May oyida inflyatsiya sakkiz foizga tezlashdi - bu yarim asr davomida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich. 1973-yilning qish faslida neft inqirozi tufayli qora oltin narxi oshgan edi. Energeya ta’minotlari uchun ham xarajatlar nihoyatda ko‘p. Qolaversa, oziq-ovqat narxlari ham ko‘tarilmoqda. Ish haqi indeksatsiyasi narxlarga yeta olmayotgan Buyuk Britaniyada ham vaziyat yaxshi emas. Sotib olish salohiyati juda past.
Amerikaliklar ham tejashmoqda. AQShda may oyida inflyatsiya 8,5%ga oshdi. Mamlakatda benzin ikki barobar qimmatlashdi: AQSh Moliya vaziri Janet Yellenning aytishicha, Rossiya neftiga qo‘yilgan cheklovlar o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Mart oyida Amerika qora oltin sotib olishni taqiqladi, iyun oyi boshida unga YeI ham qo‘shildi. Biroq, yevropaliklar Rossiya uglevodorodlaridan butunlay voz kecha olmadi. Dengiz bo‘ylab yetkazib berish bilan cheklanib qo‘yishdi. Ammo, yengillashtirilgan embargo amerikaliklarning ham, yevropaliklarning ham cho‘ntagiga foyda bo‘lmadi. “Inflyatsiya og‘ir aralashmalardan, jumladan Rossiya Urals idan tashkil topgan dizel yoqilg‘isi narxining ko‘tarilishi bilan tezlashdi. Natijada AQSh va YeI iste’mol narxlari ko‘p yillik eng yuqori ko‘rsatkichlarini yangiladi”,- deydi BitRiver moliyaviy tahlilchisi Vladislav Antonov.
Hozir G‘arb Rossiya neftiga muqobillarni qidirmoqda. Ammo bu oson emas. Eksport qiluvchi mamlakatlar Rossiya qora oltinini eskport qilish uchun erkin imkoniyatlarga ega emas, deydi OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo. Bu yerda kuniga yetti million barrel haqida so‘z ketmoqda.
Shuning uchun G‘arbning uddaburon kompaniyalari Urals va boshqa navlardan kokteyllar qilmoqda. Amerikaning Shell kompaniyasi bu sxema bo‘ylab ishlagan birinchi kompaniya bo‘ldi. Konsern o‘z treyderlariga tarkibida rus uglevodorodlari bo‘lgan dizel yoqilg‘isini sotib olishga ruxsat berdi. “Latviya aralashmasi” deb ataluvchi mahsulot Ventspils portida tayyorlashmoqda.
Sanksiyalarni chetlab o‘tishning yana bir yo‘li - qayta sotish. Amerika va Yevropa portlari Rossiyadan kelayotgan kemalar uchun yopiq ekan, unda neft boshqa mamlakatlardan tashiladi. Masalan, Hindistondan Yevropa va AQShga yetkazib berish sezilarli darajada oshgan. Hujjatlarga ko‘ra, xomashyo Hindistonniki. Aslida esa- Rossiyaniki.
Aybdorlarni qidirishmoqda
G‘arb kompaniyalari sanksiyalarni aylanib o‘tayotgan bir paytda, Oq uyda aybdorlarni qidirishmoqda.
“Hammasiga Ukrainadagi maxsus operatsiya aybdor”, deydi Jo Bayden. Yoki “Inflyatsiyaning yetmish foizi- Putinning benzin narxlarini ko‘targani bilan bog‘liq”, - demoqda Amerika prezidenti.
Ammo, Amerikada tovarlar narxi o‘tgan yildan boshlab qimmatlashishni boshlagan, deb hisoblashmoqda tahlilchilar. O‘shanda, iyun oyida inflyatsiya odatiy 1,5, 2 % dan 3,5% chiqqan.
Mamlakat moliya hukumati koronavirus inqirozi oqibatlarini bartaraf etish uchun chop etish mashinasini ishga tushirdi. AQSh Federal zaxira tizimi iqtisodiyotni trillionlab dollar bilan to‘ldirdi. Shu bilan birga, u nolga yaqin past bazaviy stavkani saqlab qoldi.
Va uzoq vaqt davomida narxlarning ko‘tarilishi qisqa muddatli ta’sirga ega ekanligiga ishontirdi. FZT va Yevropa Markaziy banki (YeMB) ham buni takrorladi, ular ham pul-kredit siyosatini kuchaytirishga shoshilmayapti. G‘arb regulyatorlarining sustligi inflyatsiyaning tezlashishiga olib keldi.
Qolaversa, o‘tgan yil oxirida energetika bo‘yicha kotirovkalar ko‘tarildi: Yevropa Ittifoqida gaz narxi ming kubometr uchun uch ming dollarga yetdi.
Narxlar o‘sishi tendensiyasi 2022-yilda ham davom etdi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar olovga moy sepgandek bo‘ldi: metall, neft mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi oshishiga olib keldi. Ammo G‘arb rasmiylari o‘z xatolarini tan olishayotgani yo‘q. Ular uchun o‘z siyosiy kursini o‘zgartirishdan ko‘ra Moskvani ayblash foydaliroq.
Tahlilchilarning ogohlantirishicha, yevropaliklar va amerikaliklar bellarini mahkam bog‘lashlari kerak.
Rossiya va Ukrainadan don yetkazib berish muammolari ham o‘z ta’siri ko‘rsatadi. G‘arb kamayib borayotgan hajmlarni to‘ldirishga qodir emas. Masalan, AQShda sovuq tufayli ekin ishlari kech boshlanadi. Bundan tashqari, xorijiy fermerlarga Rossiya o‘g‘itlari ham yetishmayapti - ulardan YeI va AQSh fevral oyida voz kechgan edi. Biroq, bir oy o‘tgach ular qizishib ketishganlarini anglab yetishdi. O‘g‘itlarni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashlashdi.
Busiz insoniyatga ochlikdan xalok bo‘lish xavf solishi mumkin. Rossiya- o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha dunyoda uchinchi ko‘rinda turadi. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, ularning ishlab chiqarilishi 5,6 foizga oshib, 24,9 millionni tashkil etgan. 65%ga yaqini eksportga jo‘natildi. Ulardan 22 tasi Yevropa Ittifoqi va AQShga.
YeI va AQShda inflyatsiya ikki xonali raqamgacha tezlashishi mumkin, deydi moliyaviy boshqaruv oliy maktabi tahliliy tadqiqotlar bo‘limi rahbari Mixail Kogan.
Faqat asosiy stavka bilan emas
Ayni paytda Amerika bazaviy stavkani kechiktirib oshirmoqda. Shu tariqa, AQSh Federal zaxira tizimi narxlarning oshishini jilovlamoqchi. Regulyatorning navbatdagi yig‘ilishi 13-19 iyun kunlariga belgilangan edi. YeMB esa umuman shoshilmayapti. Kelgusi oyda pul-kredit siyosatini kuchaytirish rejalashtirilgan.
Biroq, tahlilchilar bu chora vaziyatni qutqarmaydi deb hisoblashmoqda. Stavka oshirilishi faqat iste’mol talabini kamaytiradi, xaridorlarning xarajatlarini oshiradi va inflyatsiyaning yangi bosqichiga olib keladi. Bundan tashqari, iqtisodiy pasayish tufayli AQSh retsessiyaga kirish xavfi ostida. “Mamlakatning strategik zahiralaridan qora oltinning sotilishi ham uning narxini pasaytirmaydi. Neft bozorida ko‘tarilish tendensiyasi davom etmoqda. Brent neftining bir barreli uchun 130 dollardan yuqori darajalar. Bu stavkalar bilan narx o‘sishini pasaytirish mumkin emasligini anglatadi, - deydi BitRiver moliyaviy tahlilchisi Vladislav Antonov.
Hozir esa mamlakatlar inflyatsiya bilan mustaqil kurashmoqda. Masalan, Germaniyada “har tomchi benzinni” tejash maqsadida tezlikni pasaytirishga chaqirishmoqda. Biz energiya safini kamaytirish uchun avtobanlarda 100 km/soatgacha, shaharlarda esa 30 km/soat tezlikka vaqtincha cheklovlar qo‘yishimiz mumkin”,- deydi Germaniya Kasaba uyushmalari assosiatsiyasi rahbari Rayner Xoffman.
Tahlilchilarning aytishicha, bu xuddi so‘qir ko‘zga surmadek. Vaziyatni barqarorlashtirish va energiya inqirozini to‘xtatish uchun Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlash kerak. Dunyo allaqachon stagflyatsiyaga botib bormoqda (inflyatsiya va ishsizlikning bir vaqtning o‘zida tezlashishi bilan iqtisodiyotning pasayishi), deb ogohlantirmoqda “Amaliy investitsiya maktabi” asoschisi Fedor Sidorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining birinchi bosqichi 1929-yilgi Buyuk Depressiyadan keyingi eng og‘ir oqibatlar va miqyoslari bilan boshlanmoqda.