Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya NATOning Lvovdagi o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi - video

© Sputnik / Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishPusk krilatoy raketi "Kalibr", arxivnoe foto
Pusk krilatoy raketi Kalibr, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Kalibr” raketalari Lvov viloyatidagi NATOning Ukrainaga yuborgan qurollari saqlanayotgan o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari “Kalibr” qanotli raketalari yordamida Lvov viloyatida NATO davlatlari tomonidan Ukrainaga yetkazilgan qurollar uchun o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi. Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Lvov viloyatining Zolochev qishlog‘i yaqinida yuqori aniqlikdagi uzoq masofali “Kalibr” raketalari Ukrainaga NATO mamlakatlari tomonidan yetkazib berilgan xorijiy qurollar, jumladan 155 millimetrlik M777 gaubitsalar saqlanayotgan o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi”, - dedi general-leytenant.
Bundan tashqari, bir kunda Aerokosmik kuchlar tomonidan to‘rtta shunday gaubitsa yo‘q qilindi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada va Avstraliya ushbu Amerikada ishlab chiqarilgan artilleriya moslamalarini Ukrainaga yetkazib berdi. Ukraina Qurolli kuchlari ulardan aholi punktlariga hujum qilish uchun foydalanmoqda. Xususan, Lugansk Xalq Respublikasining Rubijne shahri ushbu gaubitsalar orqali o‘qqa tutildi. Oqibatda 14 yoshli o‘smir halok bo‘ldi, yana bir qancha tinch aholi vakillari yaralandi.
“Kalibr” (NATO tasnifiga ko‘ra SS-N-27 Sizzler) –Yekaterinburgdagi “Novator” konstruktorlik burosi tomonidan ishlab chiqilgan Rossiya qanotli raketasi. Kompleks 2012-yilda Rossiya dengiz flotiga foydalanish uchun topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0