Davlat organlari va tashkilotlarning ochiqlik darajasi indikatorlar asosida baholanadi

© Unsplash / HelloquenceRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Ochiqlik darajasi eng yuqori deb topilganlar rag‘batlantiriladi, salbiy bo‘lganlar esa javobgarlikka tortilishi mumkin.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Endilikda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasi 8 ta indikator asosida baholab boriladi. Bu bo‘yicha prezident farmoni imzolandi.
Idekatorlar:
1.
Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlar faoliyatining samaradorligi;
2.
Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish holati;
3.
Ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan axborot resurslarida e’lon qilish va jamoatchilik oldida hisobdorlik tizimining yo‘lga qo‘yilishi;
4.
Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlashga oid ma’lumotlarning rasmiy veb-saytda joylashtirilishi;
5.
Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlar joylashtirilishi;
6.
Ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi;
7.
Korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda ochiqlik tamoyillaridan foydalanish holati;
8.
Jamoatchilik kengashi faoliyatining samaradorligi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yil yakuni bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksini shakllantirib boradi. Ma’lumotlar “eanticor.uz” elektron platformasi va ommaviy axborot vositalari orqali ochiq e’lon qilinadi.
Ochiqlik darajasi “0” balldan “100” ballgacha reytingda baholanib quyidagi toifalarga ajratiladi:
71 balldan 100 ballgacha – “yashil”
55 balldan 71 ballgacha — “sariq”
55 balldan past — “qizil”
Ochiqlik darajasi eng yuqori deb topilgan davlat organi yoki tashkilotining sohaga mas’ul xodimlarini rag‘batlantirish, aksincha, salbiy bo‘lganlarini qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasi hal etiladi.
Agentlikka ochiqlikni ta’minlash borasida qo‘shimcha huquqlar berildi.
Unga ko‘ra:
davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslariga ochiqlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirish e’lon qilish;
ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
rasmiy veb-sayt va boshqa axborot resurslarida e’lon qilingan ochiq ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilib olish haqida so‘rovnoma yuborish.
Eslatib o‘tamiz, Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisida davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi tuzatishlar ma’qullagandi.
Unga ko‘ra, qonunchilikni buzganlarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llanilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0