Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarning rasmiy ro‘yxatga olish jarayoni nazoratga olindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPosolstvo Uzbekistana v gorode Nur-Sultane.
Posolstvo Uzbekistana v gorode Nur-Sultane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
Avvalroq Qozog‘istonning Atirau shahridagi Aholiga xizmat ko‘rsatish markaziga mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari yog‘ilib kelayotgani haqidagi xabar tarqalgandi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Qozog‘istonning Atirau shahrida O‘zbekiston fuqarolarini rasmiy ro‘yxatga olish jarayoni bilan bog‘liq vaziyatni mamlakat Bosh konsulxonasi doimiy nazoratga oldi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Atirau shahridagi Aholiga xizmat ko‘rsatish markaziga mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari turnaqator navbatlarda turishgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, 13-iyun kuni mamlakat bosh konsul Otabek Tursinbekov Atirau shahridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish markazidagi vaziyat bo‘yicha markaz rahbari Musa Xayrulliyev bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqotdan so‘ng markazda fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha xodimlar soni 10 nafardan 26 nafarga ko‘paytirilgan, fuqarolarni qabul qilish vaqti esa soat 00:00 ga qadar uzaytirilgan.
Shu vaqtga qadar 1,1 ming nafar fuqaroning hujjatlari qabul qilingan. Shundan 800 nafarining hujjatlari ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilingan. Mazkur masala bo‘yicha Qozog‘iston Raqamli rivojlantirish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vazirligidan ham vakillar kelishib, markazdagi vaziyat o‘rganilgan va nazoratga olingan.
Ta’kidlanishicha, mahalliy hokimiyat ham bu masalani ijobiy hal qilish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rmoqda.
“Atirau shahridagi O‘zbekiston fuqarolarini rasmiy ro‘yxatga olish jarayoni bilan bog‘liq vaziyat Atirau viloyati hokimiyati va vakolatli idoralari hamda mamlakatdagi Bosh konsulxona tomonidan doimiy nazoratga olingan”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0