https://oz.sputniknews.uz/20220614/ozbekiston-qilichbozlari-osiyo-chempionatida-kumush-medal-sohibi-boldi-25286703.html
O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi
O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik qilichbozlari OChda kumush medal qo‘lga kiritishdi.
2022-06-14T14:19+0500
2022-06-14T14:19+0500
2022-06-14T14:19+0500
sport
qilichbozlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0e/25287886_0:0:1171:659_1920x0_80_0_0_589168fd606b82d96c5c6a96f22dccdf.jpg
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik qilichbozlar Seulda davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatidagi ishtirokini kumush medal bilan yakunlashdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Koreya Respublikasining Seul shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Shpaga dasturida jamoaviy yo‘nalishda bellashayotgan o‘zbekistonlik shpagachilar ilk bor qit’a birinchiligi finaliga yo‘l olishdi.Jamoa finalda Koreya Respublikasi vakillariga qarshi maydonga tushdi va bellashuv 38:35 hisobida koreyalik qilichbozlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.Qayd etish joiz, sportchilar musobaqani Quvayt ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlashdi. Chorak finalda Qozog‘iston, yarim finalda tarkibi Tokio-2020 chempionlaridan iborat Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratishgandi.Jamoa tarkibi: Roman Aleksandrov, Fayzulla Alimov, Nodirbek Mo‘minov, Javohir Nurmatov.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0e/25287886_44:0:1109:799_1920x0_80_0_0_1c630eac2e9f73cfde315d69e652b3bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qilichbozlari osiyo chempionatida kumush medal qo‘lga kiritishdi
o‘zbekiston qilichbozlari osiyo chempionatida kumush medal qo‘lga kiritishdi
O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi
Jamoa finalda Koreya Respublikasi vakillariga qarshi maydonga tushdi va bellashuv 38:35 hisobida koreyalik qilichbozlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik qilichbozlar Seulda davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatidagi ishtirokini kumush medal bilan yakunlashdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar
berdi. Koreya Respublikasining Seul shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Shpaga dasturida jamoaviy yo‘nalishda bellashayotgan o‘zbekistonlik shpagachilar ilk bor qit’a birinchiligi finaliga yo‘l olishdi.
Jamoa finalda Koreya Respublikasi vakillariga qarshi maydonga tushdi va bellashuv 38:35 hisobida koreyalik qilichbozlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Qilichbozlarimiz ilk bor final bosqichda ishtirok etishdi. Bu esa jamoamiz uchun kelgusida kutib turgan finallar oldidan katta tajriba bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etish joiz, sportchilar musobaqani Quvayt ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlashdi. Chorak finalda Qozog‘iston, yarim finalda tarkibi Tokio-2020 chempionlaridan iborat Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratishgandi.
Jamoa tarkibi: Roman Aleksandrov, Fayzulla Alimov, Nodirbek Mo‘minov, Javohir Nurmatov.