Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
Tayinlovga qadar O‘ktam Pardayev Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘ktam Pardayev Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, ma’lum vaqt O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Ma’lumot uchun, Uktam Pardayev 1978-yilda Qamashi tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida o‘qigan.
Yangiliklar lentasi
0