Jurnalistlar “Azovstalning” yer ostidagi chalkash yo‘llarida nimalarni ko‘rishdi – video

Obuna bo‘lish
U yerda yaqin vaqtgacha ukrainalik harbiylar va “Azov” polkining millatchilari yashirinib yotishgandi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. RIA Novosti muxbiri Mariupoldagi “Azovstal” zavodining yer ostidagi chalkash aylanma yo‘llarida bo‘ldi. U yerda yaqin vaqtgacha ukrainalik harbiylar va “Azov” polkining millatchilari yashirinib yotishgandi.
Rossiya Mudofaa vazirligi 20-may kuni “Azovstal” hududi to‘liq ozod qilinganini xabar qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda bo‘lgan jami 2439 nafar “azovchi” va ukrainalik harbiylar qurolini tashlab taslim bo‘lgan. Ular zavod hududida bir oycha qamalda qolishgandi.
RIA Novosti muxbiri boshqa xorijlik jurnalistlar guruhi bilan zavodning yer ostidagi hududiga tushdi va jangarilar bo‘lgan va u yerdan turib jonli efirga chiqqan joylarida bo‘ldi.
U yerdagi vaziyatga qaraganda, ukrainalik jangarilarning hali oziq-ovqati bo‘lgan. Uxlash uchun ular uch qavatli so‘rilardan foydalanishgan.
Devorlardagi yozuvlardan birida Vladimir Zelenskiyni xoinlikda aylashgan: “Zelya - zradnik” (Zelenskiy - xoin), boshqasida halok bo‘lgan “azovchining” surati bo‘lgan.
“Yo‘q qilishga ulgurishmagan”: “Azovstal” bunkerlarida nimalar topildi?
Yangiliklar lentasi
0