Fukuyama qanday qilib "Putinning foydali ovsari"ga aylandi?
21:35 14.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy biznes-forum "Strategicheskoe partnerstvo 1520"
© Sputnik / Mixail Mokrushin
/ Obuna bo‘lish
G‘arbda g‘aroyib munozaralar bo‘lmoqda - u yerda Makronning Rossiyani kamsitmaslik haqidagi chaqirig‘i borasida bahslashishmoqda.
Masala bu yerda savolning nafaqadar noo‘rin qo‘yilganida emas - hozirgi G‘arb bizning mamlakatimizni kamsita olmaydi. Chunki, faqatgina sizga qaram bo‘lganni kamsitishi mumkin (va albatta, garchi umumiy qadriyatlar bo‘lmasada, hech bo‘lmaganda koordinatlar tizimi yagona bo‘lsagina), biroq G‘arb va Rossiya juftligi munosabatlari haqida gapirish mumkin emas. Yo‘q, Makronga berilgan qattiq tanbeh - (oxirgi bo‘lib esa unga Xillari Klinton e’tiroz bildirdi va bu allaqachon “o‘tilgan bosqich” ekanini aytdi) shunisi bilan ahamiyatliki, unga e’tiroz bildirayotgan odamlar qandaydir parallel olamda yashashadi.
Shunday olamki, ular oldida aslida Rossiyani mag‘lub etish mumkinligi turgani yo‘q, axir ular Rossiyani yutqazishida va hatto yutqazgan bo‘lsada, qanday qilib uni mag‘lub etish emas, balki iloji boricha uni zaiflashtirish borasida ishonchlari komil. Va bu haqida nafaqat siyosatchilar, balki amerikalik faylasuf Frensis Fukuyama ham mulohaza qilmoqda. Uning WELT'ga bergan so‘nggi intervyusi – ana shunday bayonotlar to‘plamidan biri xolos.
1989 yilda tarixning oxiri va liberal demokratiyaning g‘alabali yurishi davri kelishi haqidagi bashorati bilan mashhur bo‘lgan odam uchun (ya’ni, tom ma’noda - butun dunyo xalqlari endi birlashgan insoniyatning porloq kelajagi uchun G‘arb izidan ergashadi.), muntazam ravishda spekulyativ va muvaffaqiyatsiz bayonotlar qilish aftidan odatiy holga o‘xshaydi. Va hozir Fukuyama – (darvoqe, uni Kiyevda juda yaxshi ko‘rishadi va hatto Ukrainani tiklash bo‘yicha Milliy Kengashga maslahatchi sifatida tayinlashdi)- belgilangan formulalarda safsata to‘qimoqda.
Ularning birinchisini u mart oyida, maxsus operatsiya boshlangan dastlabki paytlarda aytgandi. O‘shanda professor: “Ukrainada keng liberal demokratik tuzum xavf ostida. Bu nafaqat Ukraina mamlakati uchun kurash. Aslida, 1991-yil va sobiq Sovet Ittifoqi qulashidan keyin sodir bo‘lgan liberal demokratiya hukmronligini ortga qaytarishdir”.
Ya’ni, avvalroq Fukuyamaning o‘zi e’tirof etgan liberalizm g‘alabasi barbod bo‘lishi endi go‘yo muvaffaqiyatsizlik ham, haqiqat ham bo‘lgan emas. Shunchaki, ruslar “muqarrarlikni” bekor qilishga, vaqtni orqaga qaytarishga harakat qilmoqda va ularga kurashish g‘alaba qozonish va insoniyatni tarixning to‘g‘ri yo‘liga qaytarish kerak. Iyun oyining boshiga kelib, Fukuyama hamma narsa ajoyib ketayotganiga, Rossiya deyarli mag‘lubiyatga uchraganiga va yangi dunyo tartibi kelayotganiga (aniqrog‘i, qaytib kelishiga) amin edi:
“Ha, bu yangi tartib hozir shakllanmoqda. Bu G‘arb demokratiyasi lagerining Rossiya va Xitoy kabi avtoritar rejimlarga qarshi ko‘p yillik kurashi natijasidir. Bu urush bu jarayonga toj o‘rnatadi. Rossiya mag‘lubiyatga yaqin, keyin jang maydonida bir qator mag‘lubiyatlar bo‘lgan va endi Ukraina armiyasi uni Donbassdan haydab chiqaradi. Bu Putinning halokatli muvaffaqiyatsizligi. U mag‘lub bo‘lib chiqdi. Va nafaqat bu urushda. Bu tamomila siyosiy muvaffaqiyatsizlik”.
NATO, ehtimol, Shvetsiya va Finlyandiya hisobiga kengayadi. G‘arb uzoq vaqtdan buyon bu qadar birlashgan emas. Germaniya o‘zining 40-yillik sharqiy siyosatini qayta ko‘rib chiqdi va Ukrainani og‘ir qurollar bilan ta’minlamoqda. AQSh Tramp davrida yo‘qotilgan yetakchi rolini yana e’lon qildi. G‘arb hujumga uchragan Ukrainaga katta yordam ko‘rsatmoqda. <...> Rossiyaga o‘zi tushib ketgan bu tubsizlikdan chiqib ketishi juda qiyin bo‘ladi. Xuddi Shimoliy Koreya kabi xalqaro dunyo tartibidan chiqarib tashlanadi”.
Agar sizga Fukuyamaning optimizmi qandaydir voqelikdan butunlay uzilib qolgandek tuyulsa, demak bu optimizm nimaga asoslanayotganini shunchaki tushunmaysiz. Professorning esa Rossiya Prezidenti haqida yaxlit nuqtayi nazari ham bor:
“Putin hech qanday cheklovlarsiz, yolg‘iz o‘zi hukmronlik qiladi. Bundan tashqari, u axborot va ekspertlar maslahatidan ham uzilib qolgan. U o‘zining yolg‘on g‘oyalari olamida yashaydi. Ukraina esa bunga misol. Uning bu haqida o‘ziga to‘qib olgan xayollari noto‘g‘ri, ammo u o‘z xomxayollariga qattiq ishonadi, chunki bitta odam hukmronligini yaratib olgan. Bundan tashqari, uning ruhiy muammolari bor. U paranoik shaxs. U hech kimga quloq solmaydi va fantaziyalariga berilib ish tutadi. Ammo bu har qanday avtoritar mamlakat uchun oddiy tahdid”.
Albatta bizning ko‘p yillardan buyon “rejimga qarshi kurashchilarimiz” aynan shunday deb takrorlab kelishgan: Putin shunchaki diktator- paranoik. Ehtimol, bularni Fukuyamaning so‘nggi yillarda Kiyevga juda ko‘plab tashriflari davomida ukrain do‘stlari va bizning “yarimemmigrant”larimiz gapirib berishgan bo‘lishsa kerak. Qanday qilib shunday bilimli, boz ustiga senga “liberalizm g‘alabasi” borasida hamfikr bo‘lgan insonlarga ishonmaslik mumkin?
Yagona muammo shundaki, bunday “hayrixohlik”ning Fukuyama ifodalayotgan ilm-fanga hech qanday aloqasi yo‘q –Putin “paranoik, axborotdan uzilgan” bo‘lgani uchun “Ukrainaga hujum qildi” deb ishonish - juda akademik yondashuv. Rossiyaning G‘arb bilan munosabatlari tarixi, umuman olganda, zamonaviy geosiyosiy jarayonlar va tendensiyalar esa - hammasi yuzakilik, qo‘ying bu mavzular bilan sariq matbuot mazza qilsin, Stenford professoriga bunday ishlar bilan shug‘ullanishga kim qo‘yibdi.
Bizchi? Bizning Fukuyama va uning navbatdagi bashoratlari bilan qanday ishimiz bor o‘zi? Ammo bunda ikki vaziyat qiziq.
Birinchidan, G‘arb tomonidan karomat ko‘rsatuvchi va eng nufuzli faylasuf deb e’lon qilingan, professorning materialni yaxshi bilmaydigan, tarix rivojini his etmaydigan oddiy targ‘ibotchiga aylanishi. Va bularga qaramay - bu ikkinchisi – Fukuyama hamon G‘arb uchun muhim savollarga javob beradigan nufuzli mutafakkir bo‘lib qolmoqda. Ya’ni, ko‘r ko‘rni boshqaradi - afsuski, aynan shunday. Soros, Fukuyama va boshqa globallashuv gurularga hamon talab bor va nafaqat jamoatchilik tomonidan balki G‘arb uchun kun tartibini shakllantiradiganlarga ham.
Va bu bir vaqtning o‘zida juda yomon va juda yaxshi belgi. Yomon, chunki bu Atlantika dunyosining boshqaruv va intellektual qarorlar qabul qilish markazining adekvatlilikda zaif ekanliklarini ko‘rsatadi. Kuchlar - va ulkan kuchlar - hamon bor, ammo aql etarli emasligi aniq. Qarama-qarshilik va tashvish kuchaygan vaziyatda, uyg‘unlik kamaymaydi, balki qarama-qarshilik ssenariysining mojaroga aylanish xavfini oshiradi.
Yaxshi belgi shundaki, Rossiyani, bizning voqeliklarimiz va maqsadlarimizni yomon tushunish, shuningdek, mag‘lubiyatimizga garov tikish bizning o‘zimiz uchun foydali. Shuning uchun, “Putin uchun foydali telbalari” (G‘arb Rossiya bilan halol muloqot tarafdorlarini shunday deb atashni yaxshi ko‘radi), qayerdagi Shreder yoki Berluskoni emas, balki Soros va Fukuyamadir.