Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

DXR Rossiyadan qo‘shimcha ittifoqchilik kuchlarini so‘radi

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishNeskolko rayonov Doneska podverglis obstrelu
Neskolko rayonov Doneska podverglis obstrelu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
DXR rahbari Denis Pushilin Rossiyadan qo‘shimcha ittifoqchilik kuchlarini so‘radi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Donesk xalq respublikasi Ukraina qo‘shini tomonidan Doneskni o‘qqa tutish holatlari ko‘paygani sabab Rossiyadan qo‘shimcha ittifoqchilik kuchlarini so‘ramoqda. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi.
“Ittifoqchilik kuchlarining barcha zaruriy qo‘shimcha zaruriy kuchlari, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining, jalb qilinadi”, - dedi Pushilin o‘z murojaatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev haddidan oshib ketgan. Ukrainalik harbiylan urush olib borishning taqiqlangan usullaridan foydalanishmoqda. Ular Doneskning markazi va boshqa shaharlarini o‘qqa tutishmoqda.
13 iyun kuni Donesk bo‘ylab mojaro boshlanganidan buyon eng kuchli zarba berildi. Bir sutka davomida DXRda 4 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi yarador bo‘ldi. Ukraina harbiylari bozor va tug‘ruqxonaga ham zarba berishdi.
Yangiliklar lentasi
0