Dollar so‘mga nisbatan yana qadrsizlandi

© SS0 / Unsplash / Infrarate.comKupura, illyustrativnoe foto
Kupura, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
© Foto:O‘zbekiston Markaziy banki15 iyunda amalda bo‘ladigan valyuta kurslari
15 iyunda amalda bo‘ladigan valyuta kurslari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
15 iyunda amalda bo‘ladigan valyuta kurslari
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,18 so‘mga arzonladi va 10 975,02 so‘mni tashkil qildi.
1 yevro 47,61 so‘mga pasayib, 11 452,43 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi ham biroz pasaydi. Xususan, 1 rubl 0,38 so‘mga arzonlanib, 192,38 so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, dollar kursi ketma-ket beshinchi kun pasaydi.
MDH davlatlari orasida so‘nggi bir necha oy ichida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish odatiy holga aylanmoqda. Ayniqsa, YeOIIga a’zo davlatlar orasida Rossiya eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lgan Xitoy bilan o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish to‘g‘risida bitim imzolagan.
Shuningdek, Xitoy va YeOII davlatlari orasida ham ana shunday bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda. Tashqi savdoda ushbu o‘zgarishlar dollarga talabning pasayishiga va asosiy hamkor davlatlar Xitoy va Rossiya milliy valyutasiga talabning oshishiga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0