“Biz Rossiyani tanlaymiz”. Nemislar Zelenskiyning ultimatumiga keskin javob berishdi

© AFP 2023 / RONALDO SCHEMIDTVladimir Zelenskiy v Buche
Vladimir Zelenskiy v Buche - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
ZDF o‘quvchilari: Zelenskiyning omadi yo‘q! Biz Rossiyani yaxshi ko‘ramiz.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Germaniyaning ZDF nashri o‘quvchilari mamlakat kansleri Olaf Sholsni Kiyev va Moskva o‘rtasida muvozanatni saqlashga urinishni bas qilishga chaqirgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qilishdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Bu qonxo‘r (Vladimir Zelenskiy – tahr.) biz nemislarni tinch qo‘yishi kerak. Biz mamlakatga nima kerak bo‘lsa, Rossiyadan olamiz. Nega nemis xalqi o‘z farovonligidan voz kechishi kerak? Bizga Rossiya kerak”, - deb yozgan nashr o‘quvchilaridan biri.
“Rossiya gaz, uran va neftning eng katta zahiralariga ega: u jahon g‘alla yetishtirishning 19,67 foizini tashkil qiladi. Ukrainasiz Germaniya bu ishni uddalaydi, Rossiyasiz emas”, - degan boshqa o‘quvchi.
“Zelenskiyning omadi yo‘q! Biz Rossiyani yaxshi ko‘ramiz. Yevropa Ittifoqiga korrupsion davlat kerak emas”, - deydi yana bir nashr foydalanuvchisi.
“...biz bu ukrainalik tilanchi kabi da’vo qilishni emas, balki juda ko‘p taklif qiladigan Rossiyani tanlashimiz kerak”, - degan yana bir foydalanuvchi.
“Agar u muvozanatni saqlashni istamasa, biz bu buzuq ukrainalik tilanchiga o‘xshab shunchaki talab qilmay, taklif qiladigan Rossiyani tanlashimiz kerak”, - deb g‘azablangan boshqasi.
“Rossiya ko‘plab tabiiy resurslar va boy tarixga ega dunyodagi eng yirik davlatdir. Ukraina juda yosh davlat, uning tarixi natsizmga to‘la”, - deb o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi yana bir foydalanuvchi.
“Ukrainani qo‘llab-quvvatlash qimmatga tushadi va mamlakatimiz gullab-yashnashiga keraksiz xavf tug‘diradi. Ukrainadan voz kechish yaxshiroq bo‘lardi”, - deydi boshqa sharhlovchi.
“Ajoyib paytlar keldi! Zelenskiy Sholsdan nimanidir talab qilmoqda. Korrupsioner mamlakat prezidenti rolini o‘ynagan aktor Yevropadagi eng qudratli davlat kansleriga buyruq beradi. Bir yil avval buni tasavvur qilib bo‘lmasdi”, - deb hayron qolgan o‘quvchilardan biri.
“Komediyachi borgan sari shafqatsiz bo‘lib bormoqda”, deb xulosa qilgan foydalanuvchilar.
Avvalroq, Vladimir Zelenskiy Kiyevda Germaniya rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishdan bosh tortgandi. Bunga Shtaynmayerning Rossiya bilan yaxshi munosabatlari sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Olaf Shols Vladimir Zelenskiy Kiyevda GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni qabul qilishdan bosh tortgani uchun sobiq Sovet respublikasiga tashrif buyurmayotganini ma’lum qilgandi.
Ukrainaning Berlindagi elchisi Andrey Melnik esa bunga javoban, Germaniya kanslerini “hafa bo‘lgan kolbasa” deb atagandi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay esa, Germaniyada bir necha deputatlar Melnikni mamlakatdan chiqarib yuborish harakatiga tushgandi.
Yangiliklar lentasi
0