Belarus ShHTga a’zolik uchun ariza tayyorladi

© Sputnik / Viktor TolochkoBelorusskiy flag
Belorusskiy flag - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
Minsk Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zolik uchun ariza tayyorladi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zolik uchun ariza tayyorladi. Bu haqda Rossiya prezidentining ShHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov ma’lum qildi.

“Belarus tomoni ularni zudlik bilan ularni qabul qilishni so‘rab murojaat qildi va Belarus prezidentining ShHTga a’zolikka ariza berish to‘g‘risidagi taklifi tayyorlanganini bildirishdi”, - dedi Hakimov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHT Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

U bu taklif Belarus Vazirlar mahkamasi kengashi tomonidan ma’qullanganiga aniqlik kiritdi.
Hozir Belarus ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega.
ShHT – 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo bo‘lgan. Belarusdan tashqari ShHTda Afg‘oniston, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi maqomiga ega.
O‘zbekiston 2022-yilda ShHTda raislik qilmoqda. Mamlakat raisligida 80 dan ortiq tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ShHTda 2004, 2010 va 2016-yillarda raislik qilgan.
Yangiliklar lentasi
0