Rossiya va O‘zbekiston olimlari Farg‘onada arxeologik tadqiqotlar olib bormoqda

© AN UzbekistanaRossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane
Rossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya Fanlar akademiyasi hamkorligida neolit davri yodgorliklari izlanib, ularni ro‘yxatga olish va zamonaviy uslub asosida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya olimlari tomonidan Farg‘onaning qadimgi Sho‘rkol, Uzunko‘l, Achchiq ko‘l hududlarida olib borilgan dala izlanishlari natijasida tosh artefaktlar va sopol buyumlar parchalari topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
© AN UzbekistanaRossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane
Rossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2022
Rossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane
Markaziy Farg‘ona cho‘llarida ilk chorvachilikning tarqalishi masalalariga oydinlik kiritish maqsadida Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya va etnografiya instituti Sibir bo‘limi hamkorligida xalqaro arxeologik ekspeditsiya tashkil etildi.
Ekspeditsiya davomida neolit davri yodgorliklari izlanib, ularni ro‘yxatga olish va zamonaviy uslub asosida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Aytilishicha, 1950–1970-yillarda hududda olib borilgan arxeologik ishlar natijasida o‘nlab neolit davri yodgorliklari topilgan. Vaqt o‘tishi bilan ularning joylashuvi yo‘qoldi va yodgorliklarning bir qismi antropogen ta’sir natijasida vayron bo‘ldi.
© AN UzbekistanaRossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane
Rossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2022
Rossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane
Hozirda olimlar arxeologik qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Aniqlanishicha, vodiydagi Obishir-5 yodgorligida ilk neolit davrida ovchilik va terimchilikdan ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish bo‘lgan.
“Buni toshni qayta ishlash texnologiyalarida aniqlangan o‘zgarishlar, donli ekinlarni maydalash uchun asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi, shuningdek, bundan 8 ming yil avval chorvachilik mavjudligidan dalolat beruvchi zooarxeologik va paleogenetik ma’lumotlar dalolat bermoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning turli mintaqalarida, paleolit davridan to neolitgacha va undan keyingi davrlarda yashagan xalqlar uchun jonli sivilizatsiya chorrahasi bo‘lib kelgan.
© AN UzbekistanaRossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane
Rossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2022
Rossiyskiy i uzbekskie uchonie provodat arxeologicheskie issledovaniya v Fergane
Yangiliklar lentasi
0