Rossiya maxsus operatsiyasi: “Legionerlar” taqdiri aniq bo‘ldi
21:00 13.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVerxovniy sud DNR prigovoril k smertnoy kazni inostrannix nayemnikov
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy
/ Obuna bo‘lish
Rossiya NATO legionerlari va harbiy texnikasining umri Ukrainada imkon qadar qisqa bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Ukraina Qurolli Kuchlariga yetkazib berilgan g‘arb qurollaridan foydalanish to‘xtab qolgan, chunki tayyorlovchi mutaxassislar yo‘q. Va shuning uchun bu muammoni xorijlik yollanma askarlarni jalb qilgan holda hal qilishmoqchi.
Rossiya qo‘shinlari o‘z tomonidan NATO legionerlari va harbiy texnikalari Ukrainada kamroq yashashi uchun qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Amerikaliklar va britaniyaliklar Kiyevga to‘rtta M142 HIMARS va uchta M270 MLRS raketa tizimlari yetkazib berishdi. Bu 80 km uzoqlikkacha zarba berishga qodir zenit raketa tizimlari bo‘lib, ularda 300 kmgacha bo‘lgan tezkor-taktik raketalarni uchirish imkoniyati ham bor.
Vashington Kiyevga qirg‘oqda joylashgan Harpoon kemaga qarshi raketa komplekslari yetkazib berdi, London esa uzoqligi 20 kmgacha bo‘lgan Brimstone raketasining dengiz versiyasini jo‘natishga tayyor. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 155 mm kalibrali o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalarini yetkazish davom etishini ma’lum qildi. Avvalroq, Fransiya Ukraina Qurolli Kuchlariga 18 ta mana shunday o‘ziyurar texnikani yetkazib bergan edi.
Ukraina armiyasida yuqorida nomlari keltirilgan tizimlarni boshqara oladigan mutaxassislar yo‘q. UQKning “sharqiy front”dagi halokatli holatini hisobga olsak, mutaxassislarni tayyorlashga (biror NATO mamlakatiga jo‘natish) vaqti ham yo‘q. Faqatgina xorijiy legionerlarni jalb etib muammoni tez hal qilsa bo‘ladi. Rossiya Federatsisi Mudofaa vazirligi vakillari Ukrainaga “ruslar bilan jang qilish uchun kelgan” xorijliklar kombatant emasligi va Jeneva konvensiyasi holatlari ularni himoya qilmasligini va ular shunchaki "harbiy nishon" ekanliklarini bir necha marotaba aytgan.
9-iyun kuni Rossiya qo‘shinlari Jitomir viloyatidagi Ukraina Qurolli kuchlari “Xalqaro legioni” o‘quv markazini havodan uchiriladigan yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar bilan yo‘q qildi. Shu kuni DXR Oliy sudi uch nafar chet ellik yollanma askarni o‘limga hukm qildi. Ushbu tasodifiy bo‘lmagan tasodif xorijiy terrorist mutaxassislarni barcha qonuniy vositalar bilan yo‘q qilish yoki zararsizlantirish muhimligini isbotlaydi.
Vashington va London sud hukmiga tez va jazavaga berilib munosabat bildirishdi, ammo sudlangan yollanma harbiylarning bundan holati o‘zgarib qolmaydi. Rossiyaning raketa zarbalari va Donesk sud jarayonlari UQK laridagi “legionerlar” soni va NATOning Dnepr yaqinida joylashgan eskpertlar va maslahatchilarining boshpanasini kamaytirishda davom etadi.
Snarad ochlik va g‘azab
AQSh razvedkasi Ukraina armiyasining “sharqiy front”dagi holatini halokatli, Rossiya va DXR, LXR korpuslarining ustunligini esa aniq ravshan va muqarrar deb atamoqda. Rossiya harbiy-kosmik kuchlari, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi maxsus operatsiya hududidagi yer va osmonni butunlay nazorat qilmoqda.
NATOning tank va harbiy texnikalarga qarshi komplekslari butunlay befoyda- hozir hammasini uzoq masofali artilleriya hal qiladi. Bundan tashqari, Rossiya artilleriyasi Ukrainanikidan 20 barobar qudratliroq. Ukraina Qurolli Kuchlari sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqarilgan snaradlarning so‘nggi zahiralarini sarflamoqda - kuniga 6000ta. Bunga javoban esa 100 000 dan ortiq ruslar “uchib keladi”. NATO davlatlari o‘z arsenallarini (155 millimetrli o‘q-dorilar) deyarli yo‘q qildi va yaqin oylardagi “artilleriya urushi” Kiyev rejimi uchun hech qanday yaxshiliklarni va’da qilmaydi.
Prezident Vladimir Zelenskiy Vashingtondan UQK yo‘qotishlarning haqiqiy raqamlarini yashirapti, biroq amerikaliklar baribir 200 ming ukrain harbiylarining dom-daraksiz yo‘qolganini qayd etishdi. Donesk kuzatuvchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, 50 ming askar halok bo‘lgan (bedarak yo‘qolganlar bilan qo‘shganda- 61 mingdan ziyod). UQK Avdeyevka guruhi bo‘linmalari bir haftada 1100 nafar askarini yo‘qotdi.
Ukraina Oliy bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy prezident ofisiga qo‘shinlarni Severodonesk-Lisichansk aglomeratsiyasidan g‘arbdagi pozitsiyalarga olib chiqishni bir necha bor taklif qilgan. Bankovayada qo‘shinlarning jangovar qobiliyatini va vatandoshlarining hayotini saqlab qolishdan ko‘ra uzoq muddatli “qarshilik ramzlari” afzal ko‘riladi. Natija faqat frontning ushbu alohida sektorida kuniga kamida 200 o‘lik va 800 yarador aniqlanmoqda.
6 iyun kuni Svatogorsk hududida Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaa chizig‘ining yorilishi ittifoqchi kuchlar uchun Slavanskka yo‘l ochdi va kecha ushbu shaharning chekkasida kuchga kirgan razvedka boshlandi. Barcha epizodlarda bir xil qoida: G‘arb Ukrainaga qancha ko‘p “mutaxassislar” va qurollar bilan “yordam bersa”, Rossiya armiyasi shuncha qattiqroq harakat qiladi, maxsus operatsiya olib boriladigan chegaralarni kengaytiradi, va shuncha ko‘p ukrain harbiylari “samoviy yuztalikka” qo‘shiladi. Eng yaxshi holatda- asirlikka olinadi, yoki qochadi, bular ham ommaviy xarakterga ega.
Kiyev rejimining qochoqlarni otish va mariuxana ishlab chiqarishni qonuniylashtirish bo‘yicha tashabbuslari UQK ruhiy va jangovor kayfiyatini ko‘tarmaydi. NATOning Ukraina yo‘nalishidagi keyingi harbiy faoliyati shundoq ham oxirgi kunlarni boshdan kechirayotgan Yevropa va Shimoliy Amerikani portlatib yuborishga qodir.