Rossiya Kunida Moskvada qanday tadbirlar bo‘lib o‘tdi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya Kuni – “Rossiya Federatsiyasining davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya” qabul qilingan kun.
TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida 12-iyun - Rossiya Kuni bayrami keng nishonlandi. Shaharlar Rossiya bayroqlari bilan bezatildi, bayram tadbirlari tashkil etildi.
Moskvada ham Qizil maydonda Rossiya Kunida katta bayram konserti bo‘lib o‘tdi. Unda Nikolay Baskov, Irina Allegrova, Aleksandr Rozenbaum, "Lyube" guruhi vaboshqa mashhur artistlar qo‘shiqlar kuylashdi.
Rossiya Kuni – bayrami 1990-yil 12-iyunda RSFSR xalq deputatlari syezdida “Rossiya Federatsiyasining davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya” qabul qilingan kun. Umummiliy bayram sifatida 2002-yildan buyon nishonlanib kelmoqda.
Odatda Rossiya Kunida Kremlda prezident yetuk yutuqlarga erishgan davlat arboblari va fuqarolarda Davlat mukofotlarini topshiradi. Qizil maydonda bayram konsertldari bo‘lib o‘tadi. Barcha shaharlarning markaziy maydonlarida bayram tadbirlari va sayllar bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0