https://oz.sputniknews.uz/20220613/qurilish-materiallari-texnika-va-xizmat-narxlarining-elektron-katalogi-paydo-boladi-25257982.html
Qurilish materiallari, texnika va xizmat narxlarining elektron katalogi paydo bo‘ladi
Qurilish materiallari, texnika va xizmat narxlarining elektron katalogi paydo bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Elektron katalog tadbirkorlar hamda Tovar xom-ashyo birjasi bilan hamkorlikda narx bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. 13.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-13T13:21+0500
2022-06-13T13:21+0500
2022-06-13T13:21+0500
jamiyat
qurilish vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/165/85/1658599_0:193:2955:1855_1920x0_80_0_0_ab8308931eece67605f8d30c3ec0e55c.jpg
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Shu yilning yakuniga qadar, “Moddiy-texnika resurslarining joriy narxlari elektron katalogi” yaratiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov qurilish resurslari milliy klassifikatori haqida ma’lumot berdi.Aytilishicha, elektron katalog tadbirkorlar hamda Tovar xom-ashyo birjasi bilan hamkorlikda narx bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.Ta’kidlanishicha, Qurilish vazirligi tomonidan qurilish materiallari, ish turlari, mashina va mexanizmlarining yagona bazasini o‘zida ifoda etuvchi “Qurilish resurslari milliy klasifikatori” ishlab chiqilgan.Bunda Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning tajribasi, bu boradagi uslubi hamda uning sohaga ta’siri o‘rganildi.Shuningdek, qurilish materiallarini xalqaro standartlar asosida sinash maqsadida Qurilishda standartlashtirish respublika markazi huzurida Kompleks sinov laboratoriyasi tashkil etildi. Mazkur laboratoriya zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan va xalqaro standartlar asosida 100dan ortiq sinash usullarini amalga oshiradi.Sinov usulini 500 taga yetkazish, 2025-yilgan borib esa 1500 ta sinov usulini qamrab olish maqsad qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/165/85/1658599_113:0:2842:2047_1920x0_80_0_0_a97a07da2243ae928b7ed4aa8c361622.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qurilish vazirligi
jamiyat, qurilish vazirligi
Qurilish materiallari, texnika va xizmat narxlarining elektron katalogi paydo bo‘ladi
Elektron katalog tadbirkorlar hamda Tovar xom-ashyo birjasi bilan hamkorlikda narx bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Shu yilning yakuniga qadar, “Moddiy-texnika resurslarining joriy narxlari elektron katalogi” yaratiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov qurilish resurslari milliy klassifikatori haqida ma’lumot
berdi. Aytilishicha, elektron katalog tadbirkorlar hamda Tovar xom-ashyo birjasi bilan hamkorlikda narx bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
“Bu orqali qurilish materiallari, buyumlar va xizmatlar narxining operativ ravishda shakllanishiga erishiladi. Pudrat tashkilotlari uchun mahuslotlarni onlayn xarid qilish imkoniyati yaratiladi”, deydi Saidnosir Usmonov.
Ta’kidlanishicha, Qurilish vazirligi tomonidan qurilish materiallari, ish turlari, mashina va mexanizmlarining yagona bazasini o‘zida ifoda etuvchi “Qurilish resurslari milliy klasifikatori” ishlab chiqilgan.
Bunda Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning tajribasi, bu boradagi uslubi hamda uning sohaga ta’siri o‘rganildi.
Shuningdek, qurilish materiallarini xalqaro standartlar asosida sinash maqsadida Qurilishda standartlashtirish respublika markazi huzurida Kompleks sinov laboratoriyasi tashkil etildi. Mazkur laboratoriya zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan va xalqaro standartlar asosida 100dan ortiq sinash usullarini amalga oshiradi.
Sinov usulini 500 taga yetkazish, 2025-yilgan borib esa 1500 ta sinov usulini qamrab olish maqsad qilingan.