Kozimjon Komilov Oliy sud raisi etib saylandi

© Verxovniy SudPredsedatel Verxovnogo Suda Kozimjon Fozilovich Komilov
Predsedatel Verxovnogo Suda Kozimjon Fozilovich Komilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimiga Kozimjon Kamlov nomzodi Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Oliy sud raisi Kozimjon Fozilovich Komilov lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisida qaror qabul qilindi.
Qayd etish kerak, prezident Shavkat Mirziyoyev Kozimjon Komilov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga navbatdagi muddatga saylash uchun Senatga taqdimnoma kiritgan edi. Bugun ushbu taqdimnoma senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.
Kozimjon Komilov 2017-yilning may oyidan buyon mamlakat Oliy sudi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Oliy sud raisi har 5-yilda bir marta saylanadi.
Yangiliklar lentasi
0