IIV hisobda turgan 7 ming xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqardi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2022
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash hamda boshqa idoralarning hisobida turgan 21 596 nafar xotin-qizlar manzilli o‘rganildi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Ichki ishlar organlari hisobida turgan 7 ming nafar xotin-qizlar ro‘yxatdan chiqarildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.
Aytilishicha, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash hamda boshqa idoralarning hisobida turgan 21 596 nafar xotin-qizlar manzilli o‘rganildi.
Unga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 19 251 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi. Buning natijasida 9 309 ta oila yarashtirilib, 8 259 ta nizo bartaraf etildi.
“1 877 ta rasmiylashtirilgan himoya orderi bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi”, deydi Nilufar Jumayeva.
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan 644 849 nafar xotin-qizlarni “Ayollar daftari” 3-bosqichiga kiritilgan.
Unga ko‘ra:
56 505 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar yangi ish bilan ta’minlandi;
7 856 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun 95 mlrd 691 mln so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi;
58 132 nafar boquvchisi bo‘lmagan xotin-qizlarga71 mlrd 813 mln so‘mdan ortiq bir martalik moddiy yordam berildi;
51 810 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj xotin-qizlarga 60 mlrd 728 mln so‘mdan ortiq moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatildi;
116 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlandi va 712 nafariga 1 mlrd 103 mlnso‘m ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi;
34 763 nafar nogironligi bo‘lgan farzandi bor ayollarga 51 mlrd 502 mlndan ortiq bir martalik moddiy yordamlar berildi;
823 nafar xotin-qizlarga tomorqadan unumli foydalanish uchun yordam berildi.
Shu kunga qadar hududlarda amalga oshirilgan ishlar:
241 361 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi;
76 075 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitildi;
32 691 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida davlat ro‘yxatidan o‘tdi;
9 477 nafar ayollarga subsidiya va 47 309 nafarayollarga kreditlar ajratildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bo‘yicha 2022-yilda jami 65 129 nafar xotin-qizlarga 1,4 trln. so‘m kredit ajratildi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan 1206 shaxsga jami 1, 74 mlrd so‘mlik reabilitatsiya vositalari tarqatildi.
Qolaversa, 142 ta tibbiyot operatsiyasi uchun 1, 1 mlrd so‘m mablag‘ jamg‘arma hisobidan moliyalashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0