Hafta davomida havo harorati yana ko‘tariladi

© StringerChayxana v gorode Chust (Namanganskaya oblast)
Chayxana v gorode Chust (Namanganskaya oblast) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2022
Obuna bo‘lish
13 va 14-iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Joriy haftada O‘zbekistonda bulutli ob-havo quyoshli havoga o‘zgaradi va harorat yana ko‘tariladi, deya xabar berdi “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, bugun mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi termometr ustuni 30-35 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz pastdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi, faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, shuningdek do‘l yog‘ishi mumkin.
Havo harorati kechalari 16-21 daraja, kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42 darajagacha bo‘ladi.
13 va 14-iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0