Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisi 13-iyun kuni chaqiriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZasedanie Senata Oliy Majlisa 28-fevralya 2020 goda
Zasedanie Senata Oliy Majlisa 28-fevralya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2022
Obuna bo‘lish
Senatorlar navbatdagi majlisda Davlat mulkini boshqarish, Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisini 2022-yil 13-iyun kuni chaqirish to‘g‘risida Senat kengashining qarori qabul qilindi.
Yalpi majlisda quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:
"Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida"gi,
"Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida"gi,
"Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi;
"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida"gi.
Shuningdek, senatorlar Oliy sud raisini saylash to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqishadi. Oliy sudning amaldagi raisi Kozimjon Komilovning vakolat muddati 27-may kuni o‘z nihoyasiga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0