O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qayerdan kelmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMechet Kalyan schitayetsya odnoy iz drevneyshix vo vsey Sentralnoy Azii i krupneyshey posle samarkandskoy mecheti Bibixanum
Mechet Kalyan schitayetsya odnoy iz drevneyshix vo vsey Sentralnoy Azii i krupneyshey  posle samarkandskoy mecheti Bibixanum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2022
Obuna bo‘lish
Sayyohlar asosan qo‘shni mamlakatlardan kelishmoqda.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. 2022 yilning aprel oyida 269,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 181,4 ming nafarga yoki 3,1 baravarga oshgan.
Mamlakatga aprel oyida turistik maqsadda tashrif buyurgan fuqarolarning eng ko‘pi Qozog‘istondan kelgan – 81,2 ming nafar.
Keyingi o‘rinlardan Tojikiston (69,9 ming nafar) va Qirg‘iziston (69,1 ming nafar) fuqarolari o‘rin olishgan. Rossiyadan 29,3 ming kishi kelgan.
Qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Turkiya – 4,5 ming nafar;
- Germaniya – 1,4 ming nafar;
- Fransiya – 1,2 ming nafar;
- Belarus – 1,2 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 900 nafar;
- Buyuk Britaniya – 800 nafar;
- Ispaniya – 700 nafar;
- AQSh – 700 nafar;
- Italiya – 500 nafar.
Eslatib o‘tamiz, 10-iyundan boshlab O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi. Hukumat mamlakatga 2022-yil oxiriga kelib 4,5 million xorijiy sayyoh kelishi kutilayotganini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0