https://oz.sputniknews.uz/20220612/kim-chen-in-rossiyani-toliq-qollab-quvvatlashini-malum-qildi-25245459.html
Kim Chen In Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
Kim Chen In Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi. 12.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-12T16:58+0500
2022-06-12T16:58+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
kim chen in
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25244979_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_1c7a8ef2d341ceab1e81bc5ee6e44875.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi va Shimoliy Koreya xalqi nomidan Rossiya xalqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.Kim Chen In KXDR hukumati Koreya—Rossiya munosabatlarini qadrlashi hamda ularni yangi davr taqozosi va ikki mamlakat xalqlarining orzu-intilishlariga muvofiq ravishda kengaytirish va rivojlantirish niyatida ekanini bildirgan.Rossiya kuni har yili 12-iyun kuni nishonlanadi va Rossiya Federatsiyasining davlat bayrami hisoblanadi. Bayram tarixi 1990-yil 12-iyun kuni RSFSR davlat suvereniteni to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinishi bilan boshlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25244979_119:0:2850:2048_1920x0_80_0_0_62d0ebf998101433536a1df30b5a37da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, kim chen in, rossiya
dunyoda, kim chen in, rossiya
Kim Chen In Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
16:58 12.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi va Shimoliy Koreya xalqi nomidan Rossiya xalqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deb
xabar beradi RIA Novosti.
“Sizning rahbarligingiz ostida Rossiya xalqi sinov va qiyinchiliklarni mardonavor yengib, biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatning qadr-qimmati, xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish yo‘lida adolatli ishlarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda”, - deyiladi telegrammada.
Kim Chen In KXDR hukumati Koreya—Rossiya munosabatlarini qadrlashi hamda ularni yangi davr taqozosi va ikki mamlakat xalqlarining orzu-intilishlariga muvofiq ravishda kengaytirish va rivojlantirish niyatida ekanini bildirgan.
Rossiya kuni har yili 12-iyun kuni nishonlanadi va Rossiya Federatsiyasining davlat bayrami hisoblanadi. Bayram tarixi 1990-yil 12-iyun kuni RSFSR davlat suvereniteni to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinishi bilan boshlanadi.