Toshkent viloyatida 24/7 ishlaydigan savdo majmualari ishga tushiriladi

© Depositphotos / AnyaberkutMujchina s telejkoy v supermarkete
Mujchina s telejkoy v supermarkete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna bo‘lish
Yil yakuniga qadar 1 159 ta savdo, ko‘ngilochar, gastronomik, turizm va san’at yo‘nalishlariga ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish obyekti ishga tushishi kutilmoqda.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Yil yakuniga qadar Toshkent viloyatida 24/7 soat faoliyat yurituvchi 1 159 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti ishga tushiriladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, viloyatning barcha tuman va shaharlarida kun-u tun ishlaydigan savdo va xizmatlar uchun bittadan maxsus ko‘chalar tashkil etiladi.
“Mazkur markaziy ko‘chalarda savdo, ko‘ngilochar, gastronomik, turizm va san’at yo‘nalishlariga ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish obyektini ishga tushirish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining 24 soat mobaynida faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq talablar o‘rnatiladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda ana shunday 223 ta xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularda 554 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0