Davlat Konservatoriyasining bir guruh professor va o‘qituvchilari mukofotlandi

© Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod AsadovKonsert, posvashenniy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Konsert, posvashenniy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna bo‘lish
Davlat konservatoriyasi tashkil etilganining 85-yilligi munosabati bilan prezident 25 nafar professor va o‘qituvchilardan mukofotlash to‘g‘risida farmon qabul qildi.
TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat Konservatoriyasining bir guruh professor va o‘qituvchilarini orden va medallar bilan taqdirladi.
Mukofotlarni Bosh vazir Abdulla Aripov Konservatoriya tashkil etilganining 85-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali bayram tadbirida topshirdi.
© Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod AsadovKonsert, posvashenniy 85 –letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Konsert, posvashenniy 85 –letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Konsert, posvashenniy 85 –letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan: Fayziyeva Madina Muxsinovna - maxsus fortepiano kafedrasi mudiri;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan: Abdullayeva Inna Anvarovna - fortepiano ijrochiligi kafedrasi professori, Muxamedova Galina Iminovna - akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni bilan: Galushenko Irina Georgiyevna - musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori, Mansurov Avaz Maksudovich - B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori;
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan Abduraximova Firuza Ravshanovna - orkestr dirijorligi kafedrasi professori, Rizayeva Mukadas - akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori;
© Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod AsadovKonsert, posvashenniy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Konsert, posvashenniy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Konsert, posvashenniy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Shuningdek Konservatoriyaning yana uch nafar xodimi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan, ikki nafar xodimi II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan, besh nafar xodimi "Do‘stlik" ordeni bilan, uch nafar xodimi "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan, bir nafar xodimi "Kelajak bunyodkori" medali bilan hamda to‘rt nafar xodimi "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.
Ma’lumot uchun, Toshkent davlat konservatoriyasi 1936-yilda ochilgan. Dastlabki yillarda Moskva konservatoriyasidan O‘zbekistonga yuborilgan taniqli o‘qituvchilar: Viktor Zukkerman, Lev Danilevich, Yuriy Fortunatovlar ishladilar. Rossiya musiqa arboblarining ikkinchi to‘lqini Ulug‘ Vatan urushi yillarida evakuatsiya paytida Toshkentga kelgan. Bu ushbu ta’lim dargohining shakllanishiga va O‘zbekistonda musiqa fanining rivojlanishiga xizmat qildi. Bugungi kunda Konservatoriya jahon sahnalarida kuy va qo‘shiqlar ijro etayotgan ko‘plab taniqli artistlarni yetishtirib chiqargan.
© Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod AsadovKonsert, posvashenniy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Konsert, posvashenniy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Konsert, posvashenniy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Yangiliklar lentasi
0