Rossiya nima uchun Yaponiyaga baliq ovlashni taqiqlagani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishJizn v osvobojdennix selax DNR
Jizn v osvobojdennix selax DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna bo‘lish
Yaponiya baliqchilari 1998-yilda imzolagan shartnomaga ko‘ra Kuril orollarining janubiy qismida kvota doirasida baliq ovlash bilan shug‘ullanib kelgan.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Rossiya hukumati Yaponiyani kvota uchun pul to‘lashdan bosh tortgani uchun Kuril orollarida baliq tutish imkoniyatidan mahrum qildi. Bu haqda Rossiya prezidentining Uzoq Sharq federal okrugidagi vakolatli vakili, Bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Trutnev ma’lum qildi, deya xabr berdi Ria Novosti.
“Ular Kuril orollaridan baliq ovlash kvotalari uchun pul to‘lashdan bosh tortdi, Shuning uchun, mos ravishda bu huquq ulardan olib qo‘yiladi. Ular o‘zlarini o‘zlari jazolayapti, ularga yordam berish shart emas”, deydi u.
Avvalroq, Rossiya 1998-yilda dengiz jonli resurslarini yig‘ish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvning bajarilishini “yapon tomoni barcha moliyaviy majburiyatlarini bajarmaguncha” to‘xtatib qo‘ygandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, Tokio “Saxalin viloyatiga tekin texnik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi yillik ijro hujjatini imzolashni kechiktirib, to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish yo‘liga o‘tgan”.
Yaponiya va Rossiya ushbu shartnomani 1998-yilda imzolagan. Bu yapon baliqchilariga Kuril orollarining janubiy qismida Rossiya tomonidan ajratilgan kvota doirasida baliq ovlashga ruxsat beradi.
21 mart kuni Rossiya TIV “Yaponiya tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan bir tomonlama cheklovlarning nodo‘stona tabiati” tufayli Moskva Tokio bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish niyatida emasligini ma’lum qildi. Shuningdek, Moskva yaponlarning Kuril orollariga vizasiz sayohatlarini to‘xtatdi.
Yangiliklar lentasi
0