Rossiya gaziga embargo kirtish Yevropa iqtisodini vayron qiladi – Orban

© SputnikPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoe foto
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vazirining ta’kidlashicha, Rossiyadan gaz yetkazib berishga embargo qo‘yish Yevropa iqtisodiyotini yo‘q qiladi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Rossiya gazining importiga embargo joriy etilishi Yevropa iqtisodiyotini vayron qiladi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth Radio”ga bergan intervyusida.
“Yevropa Ittifoqi asta-sekin strategiyasini o‘zgartirishi kerak, chunki inflyatsiya sabab bankrot bo‘lamiz. Butun Yevropa bankrot bo‘lishidan hech kim manfaatdor emas. Ittifoq neft embargosidan keyin gazga embargo qo‘ymoqchi. Rossiyadan gaz yetkazib berishga embargo qo‘yish Yevropa iqtisodiyotini yo‘q qiladi”, deydi Orban.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya urushni emas, tinchlikni moliyalashtirish tarafdori va shuning uchun u Ukrainaga qurol yetkazib bermayapti.
Ma’lumot uchun, Rossiya Yevropa Ittifoqining eng yirik gaz yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Xususan, YeIga yetkazib beriladigan gazning 40 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Vengriya Turkiya, Bolgariya va Serbiya orqali mamlakatga kiradigan gazning 85 foizini Rossiyadan import qiladi. Avvalroq, Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Rossiya gazi uzilsa, milliy iqtisodiyot halokatga uchrashi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. O‘z navbatida, Orban Rossiyaga qarshi shoshilinch sanksiyalardan ogohlantirdi va ularni atom bombasiga qiyosladi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi allaqachon Moskvaga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini joriy qilgan. Oxirgi, oltinchi paketda Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti va neft mahsulotlari importiga embargo kiritdi.
Rossiya Yevropa sanksiyalariga javoban do‘stona munosabatda bo‘lmagan davlatlarni (barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqalar) gaz uchun rublda to‘lashga majbur qildi. Buning uchun ular “Gazprombank”da hisob ochishlari kerak. To‘lov yevroda amalga oshiriladi va bank valyutani rublga aylantiradi.
Yangiliklar lentasi
0