Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan baliqlar ovlandi

CC0 / Unsplash / Jp Valery / Oxotnichye rujye. Illyustrativnoe foto
Oxotnichye rujye. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna bo‘lish
Qashqadaryodagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasida uch nafar shaxs tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 115 dona baliq ovlangan.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasida Qizil kitobga kiritilgan 115 dona baliqni ovlagan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 31-may kuni qo‘riqxonaning Yakkabog‘ tumani hududida joylashgan “Qizilsuv” bo‘limi qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘riqxonaning “Qizilsuv” bo‘limi yuqori sarhadlarida nazorat ishlari olib borilgan. Nazorat ishlari davomida 3 (uch) nafar fuqaroning qo‘rqxonaga noqonuniy tarzda kirgani aniqlangan.
Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur fuqarolar to‘xtatilganda ularning bir nafari qochib ketgan. Ikki nafar qonunbuzarning shaxsi o‘rganilganda, ular Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “G‘alaba” MFY Toshqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi S.A. va S.B. ekani aniqlangan. Qochib ketgan fuqaroning shaxsi noma’lum bo‘lib qolgan, chunki, qonunbuzarlar S.A. va S.B. uni tanimasligini aytgan.
Qonunbuzarlarning yuklari ko‘zdan kechirilganda A.S. nomiga rasmiylashtirilgan 1 dona ov quroli, 1 bosh Sibir tog‘ echkisining go‘shti, bosh suyagi va shoxi, o‘qotar ov quroliga tegishli hujjatlar, 11 dona ishlatilmagan hamda 2 dona ishlatilgan patronlar, 2 dona ratsiya apparati, 1 dona pichoq, 1 dona durbin, 1 dona baliq ovlaydigan to‘r va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 115 dona noyob Amudaryo gul baliqlari borligi aniqlangan. Sodir etilgan holati yuzasidan tegishli hujjatlar qo‘riqlash xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.
Qochib ketgan qonunbuzar fuqaroning shaxsini aniqlashtirish so‘ralgan holda qonunbuzarlik holati bo‘yicha barcha to‘plangan hujjatlar hamda ov anjomlari saqlash va qonuniy chora ko‘rish uchun 2022-yil 3-iyun kuni Yakkabog‘ tuman IIBga topshirilgan.
Xabarga ko‘ra,hozirgi kunda mazkur qonunbuzarlik bo‘yicha Yakkabog‘ tuman IIB tomonidan belgilangan tartibga surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qo‘riqxona mas’ul xodimlari tomonidan 2022-yil 3-iyun kuni sodir etilgan qonunbuzarlik holati bo‘yicha jarima va tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
Olib qo‘yilgan noqonuniy ov mahsulotlari, ya’ni, baliqlar, echki go‘shti va boshqalar ushbu qonunbuzarlik holati bilan bog‘liq ashyoviy dalillar sifatida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda saqlab kelinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0