O‘zbekiston Butunjahon etnosport konfederatsiyasi a’zoligiga qabul qilinmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVsemirnie igri kochevnikov-2016
Vsemirnie igri kochevnikov-2016 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi Butunjahon etnosport konfederatsiyasi a’zoligiga qabul qilish yuzasidan ariza topshirdi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik.O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi xalqaro konfederatsiya a’zoligiga qabul qilinmoqda. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ayni kunlarda Istanbulda V etnosport madaniyat festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Festival doirasida O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Ushbu memorandum asosida O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasini Butunjahon etnosport konfederatsiyasi a’zoligiga qabul qilish yuzasidan ariza topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida prezident etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirishga oid qaror imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2023-yilda Xivada Xalqaro etnosport festivali, Toshkentda esa “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0