https://oz.sputniknews.uz/20220610/otmlarga-quyosh-elektr-uskunalari-ornatiladi-25205772.html
OTMlarga quyosh elektr uskunalari o‘rnatiladi
OTMlarga quyosh elektr uskunalari o‘rnatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetiga quyosh elektr uskunasini o‘rnatish natijasida, qariyb 2 milliard so‘mlik elektr energiyasi tejalmoqoqda. Bu tajriba... 10.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-10T15:41+0500
2022-06-10T15:41+0500
2022-06-10T15:41+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/11/22797192_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_095762f0ab9fe7d6a4f2249e59f2c6f1.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Shu yilning o‘zida barcha oliygohlarda quyosh elektr uskunalari o‘rnatiladi. Bu haqda prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Hozirda 36 ta suv isitish qurilmasini o‘rnatish hisobiga yiliga 4,2 million kilovatt soat yoki qariyb 2 milliard so‘mlik elektr energiyasi tejalmoqda.Oliy ta’lim vazirligiga ushbu tajribani barcha oliygohlarda qo‘llash vazifasi topshirildi.Prezident o‘z so‘zida vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti kelganini aytib o‘tdi.Shuningdek, vazirlik va idoralarda elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 25 foizga qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.Unga ko‘ra Moliya vazirligi:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/11/22797192_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_199f0a39fc8fe76af43a3fa3422ab82e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev
jamiyat, shavkat mirziyoyev
OTMlarga quyosh elektr uskunalari o‘rnatiladi
Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetiga quyosh elektr uskunasini o‘rnatish natijasida, qariyb 2 milliard so‘mlik elektr energiyasi tejalmoqoqda. Bu tajriba barcha oliygohlarda joriy qilinadi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Shu yilning o‘zida barcha oliygohlarda quyosh elektr uskunalari o‘rnatiladi. Bu haqda prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum
qilindi. Ta’kidlanishicha, Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetida 100 kilovatt quvvatli quyosh elektr uskunasi o‘rnatilgan. U yerda yiliga 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.
Hozirda 36 ta suv isitish qurilmasini o‘rnatish hisobiga yiliga 4,2 million kilovatt soat yoki qariyb 2 milliard so‘mlik elektr energiyasi tejalmoqda.
Oliy ta’lim vazirligiga ushbu tajribani barcha oliygohlarda qo‘llash vazifasi topshirildi.
Prezident o‘z so‘zida vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti kelganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, vazirlik va idoralarda elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 25 foizga qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Unga ko‘ra Moliya vazirligi:
davlat idoralarida energiya resurslari iste’moli bo‘yicha normativlarni ishlab chiqadi;
yil yakuni bilan xarajatlarni kamaytirmagan rahbarlarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritadi;
xorijiy konsultantlarni jalb qilib, barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy obyektlarda Energiya tejamkorlik milliy dasturini ishlab chiqadi.