Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Kimlarga qizil go‘sht iste’mol qilish mumkin emas

© Pexels/Eiliv AceronMaso
Maso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna bo‘lish
Nutritsiolog shifokor aytishiga ko‘ra yurak va jigar kasalliklari bor insonlarga qizil go‘sht iste’mol qilish mumkin emas.
Shifokor-nutritsiolog Roksanna Eksaniniing Eat This, Not That portaliga ma’lum qilishicha, yurak va jigar kasali bilan og‘rigan bemorlarga qizil go‘sht jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qizil go‘sht xolesterin miqdorining oshishi, shuningdek, qon bosimi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi, hatto saraton kasaliga olib kelishi mumkin.
“Ba’zi tadqiqotlar qizil go‘shni ko‘p iste’mol qilish diabet kasalligini rivojlantirishi va umr davomiyligini qisqartirishi mumkinligini tasdiqlaydi”, -deydi nutritsiolog.
Mutaxasssilarning ta’kidlashlaricha, qizil go‘sht mahsulotlari-sosiska, xot-dog, bekon va boshqa oziq-ovqatlar tarkibida tuz ko‘pligi sabab qon bosimini oshirishi mumkin
Xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan odamlarga ham qizil go‘sht iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ushbu mahsulotni alfa-gal sindromi ya’ni galaktoza molekulalariga allergik ta’siri bor odamlar ham iste’mol qilmasligi kerak. Parhezshunos Jonatan Valdesning so‘zlariga ko‘ra, go‘sht iste’mol qilgandan so‘ng bunday odamlarda toshmalar, ko‘ngil aynishi, qusish, yurak og‘rig‘i, ich ketishi, yo‘tal, qon bosimining keskin tushib ketishi va lab, ko‘z yoki tomoqning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.
Va, albatta, yurak, jigar kasalliklarida qizil go‘sht aslo tavsiya etilmaydi. Chunki tarkibida transog‘lar va oqsillar juda ko‘p. Shuningdek, agar oila a’zolarida to‘g‘ri ichak saratoni kuzatilgan bo‘lsa, qizil ichak iste’mol qilish mumkin emas. Chunki bu kasallikka chalinishga asosan qizil go‘sht sabab bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0