https://oz.sputniknews.uz/20220610/dam-olish-kunlari-havo-harorati-pasayishi-mumkin-25199951.html
Dam olish kunlari havo harorati pasayishi mumkin
Dam olish kunlari havo harorati pasayishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
10-12 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. 10.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-10T14:17+0500
2022-06-10T14:17+0500
2022-06-10T14:17+0500
jamiyat
ob-havo
yomg‘ir
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1a/24821592_0:114:3236:1934_1920x0_80_0_0_69f1f353c4ee9e01bf36433401cfe495.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat pasayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, deya xabar berdi “O‘zgidromet”.Qayd etilishicha, bugun kun davomida mamlakat hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 34-39 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 10-14 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayadi va 12-iyunga kelib 31-33 darajani tashkil etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1a/24821592_254:0:2983:2047_1920x0_80_0_0_5b23fa95bbed5dc675fd5dadcc560780.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, yomg‘ir
jamiyat, ob-havo, yomg‘ir
Dam olish kunlari havo harorati pasayishi mumkin
10-12 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat pasayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, deya xabar berdi
“O‘zgidromet”. Qayd etilishicha, bugun kun davomida mamlakat hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 34-39 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.
11 iyunda O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida,
11-12 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
13 iyunda faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
10-12 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 10-14 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.
Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayadi va 12 iyunga kelib 31-33 darajani tashkil etadi.