https://oz.sputniknews.uz/20220609/yozgi-tatil-tadbirlari-va-oromgohlari-uchun-qancha-mablag-yonaltiriladi-25157086.html
Yozgi ta’til tadbirlari va oromgohlari uchun qancha mablag‘ yo‘naltiriladi
Yozgi ta’til tadbirlari va oromgohlari uchun qancha mablag‘ yo‘naltiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yil mingdan oshiq oromgohlarda uch mingga yaqin bolalar dam olishi kutilmoqda. 09.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-09T14:14+0500
2022-06-09T14:14+0500
2022-06-09T14:14+0500
jamiyat
ta’til
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/573/00/5730074_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_150c0f0a9aec1db457a1d33adae7449f.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Yozgi ta’til tadbirlari va oromgohlar uchun 100 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.Bu yil yoz mavsumida 1 131 ta oromgoh o‘z faoliyatini olib boradi. Ularda 297 441 nafardan ziyod bolalar dam olishi rejalashtirilgan.5 278 nafar pedagog va xodim ushbu maydonchalarda o‘quvchilarning yozgi ta’tilini maroqli o‘tishiga o‘z xissasini qo‘shadi.Sog‘lomlashtirish maydonchalarida amalga oshirilgan ishlar:- Rivojlantiruvchi kompyuter o‘yinlari, tasviriy san’at, mental arifmetika kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi;- Kinozallar tashkil etilib, bolalarga mo‘ljallangan eng qiziqarli kino va multfilmlar namoyish etilmoqda;- 5 ta muhim tashabbus doirasida ko‘rik-tanlov, festival va tadbirlar o‘tkazilmoqda;- Bolalar uchun sun’iy suzish havzalari ham tashkil etilgan.Aytilishicha, 8-iyun holatiga 533 ta ta’lim muassasasida sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilib, ularga 47 840 nafar bolalar jalb etildi. Bundan tashqari yoz mavsumida 1,2 mln nafardan ortiq o‘quvchini ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalariga jalb etish ham ko‘zda tutilgan.Oromgohlarga 123 mingta bolalar adabiyotlari yetkazib berilgan va kitob.uz platformasida adabiyotlarning elektron va audio shakllaridan foydalanish bo‘yicha sharoitlar yaratildi.Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 7 yo‘nalishda 65 nomdagi to‘garaklar faoliyat olib boradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/573/00/5730074_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e178b0d765fa92335da9f58979b6f590.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ta’til
Yozgi ta’til tadbirlari va oromgohlari uchun qancha mablag‘ yo‘naltiriladi
Bu yil mingdan oshiq oromgohlarda uch mingga yaqin bolalar dam olishi kutilmoqda.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Yozgi ta’til tadbirlari va oromgohlar uchun 100 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova
ma’lum qildi. Bu yil yoz mavsumida 1 131 ta oromgoh o‘z faoliyatini olib boradi. Ularda 297 441 nafardan ziyod bolalar dam olishi rejalashtirilgan.
“Bolalarning mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Yoz-2022” shtabi tashkil etildi. 205 ta statsionar oromgohda faoliyat yuritish uchun jami 4 683 nafar pedagog kadrlar maxsus o‘quv dasturlari asosida o‘qitildi”, - deydi Laylo Rustamova.
5 278 nafar pedagog va xodim ushbu maydonchalarda o‘quvchilarning yozgi ta’tilini maroqli o‘tishiga o‘z xissasini qo‘shadi.
Sog‘lomlashtirish maydonchalarida amalga oshirilgan ishlar:
- Rivojlantiruvchi kompyuter o‘yinlari, tasviriy san’at, mental arifmetika kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
- Kinozallar tashkil etilib, bolalarga mo‘ljallangan eng qiziqarli kino va multfilmlar namoyish etilmoqda;
- 5 ta muhim tashabbus doirasida ko‘rik-tanlov, festival va tadbirlar o‘tkazilmoqda;
- Bolalar uchun sun’iy suzish havzalari ham tashkil etilgan.
Aytilishicha, 8-iyun holatiga 533 ta ta’lim muassasasida sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilib, ularga 47 840 nafar bolalar jalb etildi. Bundan tashqari yoz mavsumida 1,2 mln nafardan ortiq o‘quvchini ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalariga jalb etish ham ko‘zda tutilgan.
Oromgohlarga 123 mingta bolalar adabiyotlari yetkazib berilgan va kitob.uz platformasida adabiyotlarning elektron va audio shakllaridan foydalanish bo‘yicha sharoitlar yaratildi.
Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 7 yo‘nalishda 65 nomdagi to‘garaklar faoliyat olib boradi.