Tanzila Norboyeva Amina Muhammad bilan uchrashdi

© Senat Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad
Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
BMT Bosh kotibining o‘rinbosari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
TOShKENT, 9-iyun - Sputnik.Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi. Bu haqida Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.
© Senat Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad
Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad
Muloqot davomida O‘zbekiston va BMT hamda parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Senat raisi mehmonni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.
Yaxshi qo‘shnichilik aloqalari, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, inson huquqlarini himoya qilish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar natijalari mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi.
© Senat Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad
Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad
Muloqot jarayonida 2021 yilning 23-24 iyun kunlari Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazilganiga to‘xtalib o‘tildi.
Amina Muhammad so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga to‘xtalib, ushbu holatlar xalqaro doirada keng e’tirof etilayotganini aytib o‘tdi. Ayniqsa, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi sifatida faol ish olib borayotganini alohida qayd etdi.
© Senat Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad
Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Vstrecha Tanzili Narbayevoy s Amina Muxammad
Yangiliklar lentasi
0