https://oz.sputniknews.uz/20220609/rossiyaning-yana-10-ta-hududida-ozbekistonning-yangi-vakolatxonalari-ish-boshladi-25162161.html
Rossiyaning yana 10 ta hududida O‘zbekistonning yangi vakolatxonalari ish boshladi
Rossiyaning yana 10 ta hududida O‘zbekistonning yangi vakolatxonalari ish boshladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan 5 oy davomida 6009 nafar fuqaro Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya, Yaponiya davlatlariga manzilli ishlarga jo‘natilgan. 09.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-09T16:03+0500
2022-06-09T16:03+0500
2022-06-09T16:03+0500
jamiyat
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1328/02/13280239_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_9fd5b191c0574e6ebb75ac3791451dcd.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 1-iyundan Tula, Voronej, Volgograd, Nijegorod, Irkutsk, Amur viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm o‘lkalari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ish boshladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi.Yangi vakolatxonalar faoliyati Qozog‘istonning Chimkent va Turkiyaning Istanbul shaharlarida ham yo‘lga qo‘yildi.Aytilishicha, xorijda ishlash istagida bo‘lgan 22 000 fuqaro respublikadagi mavjud kasb-hunar markazlariga o‘qishga jalb qilingan.Shu yilning o‘tgan 5 oyi davomida 6009 nafar fuqaro Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya, Yaponiya davlatlariga manzilli ishlarga jo‘natilgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan hisobot davrida jami 76 mingdan ortiq fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgan.Shuningek, 710 nafar fuqaroga BHMning ikki baravaridan, jami 33 470 dollar miqdorida bir martalik moddiy yordam to‘lab berilgan.Ma’lumot uchun, agentlikning vakolatxonalari Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Novosibrsk, Yekaterinburg, Kvandju shaharlarida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1328/02/13280239_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_690cb3155fb035e2c3413ff1b50fcca2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
jamiyat, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Rossiyaning yana 10 ta hududida O‘zbekistonning yangi vakolatxonalari ish boshladi
O‘tgan 5 oy davomida 6009 nafar fuqaro Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya, Yaponiya davlatlariga manzilli ishlarga jo‘natilgan.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 1 iyundan Tula, Voronej, Volgograd, Nijegorod, Irkutsk, Amur viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm o‘lkalari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ish boshladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ma’lum
qildi. Yangi vakolatxonalar faoliyati Qozog‘istonning Chimkent va Turkiyaning Istanbul shaharlarida ham yo‘lga qo‘yildi.
“Buyuk Britaniya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Germaniya, Serbiya, Finlyandiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan 422 ta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanib, ularda 70 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan”, deydi Ortiqxo‘ja Norov.
Aytilishicha, xorijda ishlash istagida bo‘lgan 22 000 fuqaro respublikadagi mavjud kasb-hunar markazlariga o‘qishga jalb qilingan.
Shu yilning o‘tgan 5 oyi davomida 6009 nafar fuqaro Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya, Yaponiya davlatlariga manzilli ishlarga jo‘natilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan hisobot davrida jami 76 mingdan ortiq fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgan.
Shuningek, 710 nafar fuqaroga BHMning ikki baravaridan, jami 33 470 dollar miqdorida bir martalik moddiy yordam to‘lab berilgan.
Ma’lumot uchun, agentlikning vakolatxonalari Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Novosibrsk, Yekaterinburg, Kvandju shaharlarida ham faoliyat yuritib kelmoqda.