Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida poyezd qatnovi qachon qayta tiklanishi aniq bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Mediabankka o‘tish100-letie Transsibirskoy jeleznodorojnoy magistrali
100-letie Transsibirskoy jeleznodorojnoy magistrali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya hududiga kirishda koronavirusga topshirilgan PZR test talab qilinmaydi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. “Rossiyskie jeleznie dorogi” (RJD) kompaniyasi 23-iyundan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari harakatini tiklaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Poyezd quyidagi jadval bo‘yicha harakatlanadi:
23 iyundan № 5/6 –sonli poyezd Toshkent – Samara yo‘nalishida haftasiga bir marta Toshkentdan (payshanba kunlari) va Samaradan (yakshanba kunlari);
25 iyundan № 323/324-sonli poyezd Toshkent – Volgograd yo‘nalishida haftasiga bir marta Toshkentdan (shanba kunlari) va Volgograddan (seshanba kunlari).
Ta’kidlanishicha, bu poyezdlarga chiptalar sotuvi yaqin kunlarda ochiladi. Chiptani jo‘nab ketishdan 45 kun oldin xarid qilish mumkin.
“Mamlakat hududiga kirishda Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari uchun ilgari amal qilgan sanitariya cheklovlari bekor qilingan. Koronavirusga topshirilgan PZR test talab qilinmaydi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Rossiya 14-iyundan boshlab temir yo‘l orqali kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi xabar qilingan edi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovi 2020-yil martida koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0