Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Reaktiv snaradlar bilan o‘qqa tutilgan Popasnaya - video

Obuna bo‘lish
Ukraina qo‘shinlari Popasnayaga "Uragan" reaktiv yoppasiga o‘t ochish tizimi yordamida hujum qilgan.
TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. Ukraina qo‘shinlaridan ozod qilingan Popasnaya shahrining RIA Novosti muxbirlari tomonidan suratga olingan birinchi kadrlari namoyish etildi.
Videotasvirlardan ko‘rinib turibdiki, uylarning salmoqli qismi, jumladan, ko‘p qavatli uylar jiddiy zarar ko‘rgan, derazalari yonib ketgan, ammo devorlarning jiddiy qulashi kuzatilmagan. Markaziy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar asosan old tomondan yondirilgan bo‘lsa, orqa hovliga qaragan tomonda bunday izlar ancha kam.
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Popasna shahri 9-maydan beri LXR kuchlari nazoratida, shu vaqtgacha u Ukraina qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilgan. LXR mudofaa departamenti rasmiy vakili Ivan Filiponenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari artilleriya zarbalarini berib, infratuzilmani vayron qilmoqda.
LXR rahbari Leonid Pasechnikning ta’kidlashicha, Popasnada binolarning 96 foizi buzilgan, buning uchun Donbassda shiddatli janglar bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0