https://oz.sputniknews.uz/20220609/ozbekistonlik-gimnastikachilar-moskvada-beshta-medalni-qolga-kiritdi-25156462.html
O‘zbekistonlik gimnastikachilar Moskvada beshta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik gimnastikachilar Moskvada beshta medalni qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada bo‘lib o‘tgan “Kuchlilar turniri”da O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 09.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-09T13:50+0500
2022-06-09T13:50+0500
2022-06-09T13:50+0500
sport
gimnastikachi
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/09/25152817_0:0:1081:608_1920x0_80_0_0_c8da2ee67d2d429bf737d806f2e9c5e8.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Badiiy gimnastika bo‘yicha “Kuchlilar turniri” musobaqasining birinchi bosqichida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Musobaqa Moskvadagi Irina Viner-Usmanova gimnastika saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda gimnastikachilar Osiyo chempionati oldidan o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.Shuningdek, mazkur yo‘nalishda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Mila Boturina to‘rtinchi, Yekaterina Fetisova esa oltinchi o‘rinni egalladi.Yosmina alohida mashqlar dasturida xalqa va tasmadagi chiqishlari bilan ham shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Tokio-2020 ishtirokchisi Yekaterina Fetisova bulava mashqida, qolaversa, Viktoriya Neskubo, Iroda Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova, Yasmin Mirzayarova, Dominika Damirovadan iborat qizlar jamoaviy dasturda uchinchi natijani qayd etishdi.“Ta’kidlash joiz, bu turnir 23-26 iyun kunlari Tailandda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati oldidan gimnastikachilarimizning sport formasi va tayyorgarligini ko‘zdan kechirib olish uchun ayni muddao bo‘ldi”, - deyiladi xabarda,
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/09/25152817_0:0:1081:810_1920x0_80_0_0_2d8b198e045817a30aa834384c5fd712.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, gimnastikachi, moskva
sport, gimnastikachi, moskva
O‘zbekistonlik gimnastikachilar Moskvada beshta medalni qo‘lga kiritdi
Moskvada bo‘lib o‘tgan “Kuchlilar turniri”da O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Badiiy gimnastika bo‘yicha “Kuchlilar turniri” musobaqasining birinchi bosqichida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi. Musobaqa Moskvadagi Irina Viner-Usmanova gimnastika saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda gimnastikachilar Osiyo chempionati oldidan o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Yosmina Rahimova musobaqa doirasida ko‘pkurash dasturida bronza medalini qo‘lga kiritdi. U faqat rossiyalik opa-singil Dina va Arina Averinalarga imkoniyatni boy berdi, xolos.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Mila Boturina to‘rtinchi, Yekaterina Fetisova esa oltinchi o‘rinni egalladi.
Yosmina alohida mashqlar dasturida xalqa va tasmadagi chiqishlari bilan ham shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Tokio-2020 ishtirokchisi Yekaterina Fetisova bulava mashqida, qolaversa, Viktoriya Neskubo, Iroda Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova, Yasmin Mirzayarova, Dominika Damirovadan iborat qizlar jamoaviy dasturda uchinchi natijani qayd etishdi.
“Ta’kidlash joiz, bu turnir 23-26 iyun kunlari Tailandda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati oldidan gimnastikachilarimizning sport formasi va tayyorgarligini ko‘zdan kechirib olish uchun ayni muddao bo‘ldi”, - deyiladi xabarda,