https://oz.sputniknews.uz/20220609/nato-bosh-kotibi-25163807.html
NATO bosh kotibining Germaniyaga safari nega kutilmaganda bekor qilingani aytildi
NATO bosh kotibining Germaniyaga safari nega kutilmaganda bekor qilingani aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Yens Stoltenberg shingilla infeksiyasi sabab Germaniyaga tashrifini bekor qildi. 09.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-09T17:06+0500
2022-06-09T17:06+0500
2022-06-09T17:06+0500
dunyoda
nato
germaniya
yens stoltenberg
berlin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/09/25167962_0:200:3263:2035_1920x0_80_0_0_59fa1de22a00be4ad02dd3bc2ce84a71.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 9-iyunga belgilangan Berlin tashrifini bekor qildi. Chunki o‘rab oluvchi temiratki kasalligini yuqtirib olgan. Bu haqda “Reuters” Shimoliy Atlantika alyansi rasmiy vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, NATO bosh kotibi kasallik sabab uydan ishlayapti. O‘rab oluvchi temiratki COVID-19 oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Endi u Germaniya va Ruminiyada bo‘lishi kerak bo‘lgan muzokaralarni masofadan turib olib boradi.“Bosh kotib Germaniyaga (va Ruminiyaga) rejalashtirilgan tashrifini shaxsan emas, masofadan turib amalga oshiradi”, - degan NATO vakili.Stoltenberg 9-iyun kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan ko‘rishishi, ertasiga esa Buxarestda Ruminiya, Polsha va Vengriya rahbarlari bilan bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok etishi kerak edi.Germaniya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, NATO bosh kotibi Berlinga tashrifi chog‘ida departament rahbari Kristina Lambrext bilan ham uchrashmoqchi edi. Uchrashuvda Sharqiy qanotda qo‘shinlarni qo‘shimcha kuchaytirish bo‘yicha taklif, oy oxirida Madridda o‘tkaziladigan NATO sammitiga tayyorgarlik, kelasi hafta alyans mudofaa vazirlari yig‘ilishi, blokning yangi strategik konsepsiyasi, Finlyandiya va Shvetsiyaning unga kirishi ehtimoli muhokama qilinishi rejalashtirilgandi.Ma’lumot uchun, 63 yoshli Stoltenberg may oyi boshida koronavirus bilan kasallangan edi.
berlin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/09/25167962_532:0:3263:2048_1920x0_80_0_0_3c372467942898322f6c444837537c4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, nato, germaniya, yens stoltenberg, berlin
dunyoda, nato, germaniya, yens stoltenberg, berlin
NATO bosh kotibining Germaniyaga safari nega kutilmaganda bekor qilingani aytildi
Yens Stoltenberg shingilla infeksiyasi sabab Germaniyaga tashrifini bekor qildi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 9-iyunga belgilangan Berlin tashrifini bekor qildi. Chunki o‘rab oluvchi temiratki kasalligini yuqtirib olgan. Bu haqda
“Reuters” Shimoliy Atlantika alyansi rasmiy vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, NATO bosh kotibi kasallik sabab uydan ishlayapti. O‘rab oluvchi temiratki COVID-19 oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Endi u Germaniya va Ruminiyada bo‘lishi kerak bo‘lgan muzokaralarni masofadan turib olib boradi.
“Bosh kotib Germaniyaga (va Ruminiyaga) rejalashtirilgan tashrifini shaxsan emas, masofadan turib amalga oshiradi”, - degan NATO vakili.
Stoltenberg 9-iyun kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan ko‘rishishi, ertasiga esa Buxarestda Ruminiya, Polsha va Vengriya rahbarlari bilan bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok etishi kerak edi.
Germaniya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, NATO bosh kotibi Berlinga tashrifi chog‘ida departament rahbari Kristina Lambrext bilan ham uchrashmoqchi edi. Uchrashuvda Sharqiy qanotda qo‘shinlarni qo‘shimcha kuchaytirish bo‘yicha taklif, oy oxirida Madridda o‘tkaziladigan NATO sammitiga tayyorgarlik, kelasi hafta alyans mudofaa vazirlari yig‘ilishi, blokning yangi strategik konsepsiyasi, Finlyandiya va Shvetsiyaning unga kirishi ehtimoli muhokama qilinishi rejalashtirilgandi.
Ma’lumot uchun, 63 yoshli Stoltenberg may oyi boshida koronavirus bilan kasallangan edi.