https://oz.sputniknews.uz/20220609/mutaxassisligi-boyicha-5-yil-ishlagan-xotin-qizlar-tavsiyanoma-asosida-oqishga-qabul-qilinadi-25179494.html
Mutaxassisligi bo‘yicha 5-yil ishlagan xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi
Mutaxassisligi bo‘yicha 5-yil ishlagan xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha 5-yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi.
2022-06-09T20:08+0500
2022-06-09T20:08+0500
2022-06-09T20:08+0500
jamiyat
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0d/14965077_0:191:2963:1858_1920x0_80_0_0_d2a7bd885581efbc7a9e16645b5091ab.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha 5-yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5-yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.Bunda o‘qishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3-yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili 1-maydan 1-iyungacha ariza bilan murojaat qiladi.Ariza va hujjatlar 7-iyungacha ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, ishchi guruh xulosasi 10-iyungacha Qo‘mitaga taqdim qilinadi.Hujjatlar Qo‘mita tomonidan 14-iyungacha ko‘rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0d/14965077_116:0:2847:2048_1920x0_80_0_0_4fe221bb190297dad56bed2b23a29edc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mutaxassisligi bo‘yicha 5-yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma o‘qishga qabul talablar murojaat
mutaxassisligi bo‘yicha 5-yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma o‘qishga qabul talablar murojaat
Mutaxassisligi bo‘yicha 5-yil ishlagan xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5-yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha 5-yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom
tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5-yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Bunda o‘qishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5-yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3-yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili 1-maydan 1-iyungacha ariza bilan murojaat qiladi.
Ariza va hujjatlar 7-iyungacha ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, ishchi guruh xulosasi 10-iyungacha Qo‘mitaga taqdim qilinadi.
Hujjatlar Qo‘mita tomonidan 14-iyungacha ko‘rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.