"Xudo" qasidasining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi nima uchun muhim voqea - video

Obuna bo‘lish
"Xudo" qasidasining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi - bu Yevroosiyo xalqlari orasidagi munosabatlar uchun juda muhim voqea - Zorin.
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Kecha Moskvada 18-asrda yashab o‘tgan Rossiya davlat arbobi va shoir G.R. Derjavinning "Xudo" (Bog) qasidasining o‘zbek tiliga tarjimasi ilk bor o‘qib eshittirildi.
Uni Moskva Lingvistika universtitetining o‘zbek tili fakultetida o‘qiydigan rusiyzabon talabalar o‘qib berishdi.
"Xudo" qasidasi - barcha dinlar to‘g‘risidadir, deydi Rossiya Jamoatchilik palatasining Millatlararo va dinlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish komissiyasi raisi Vladimir Zorin Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.
"Biz bugun ushbu asarning o‘zbek tiliga tarjima qilinganinig guvohi bo‘ldik. Menimcha bu Yevroosiyo xalqlari orasidagi Munosabatlar uchun juda muhim voqea. “Xudo” qasidasining asosiy mavzusi quyidagicha - barcha odamlar umumiy ruhiy va axloqiy andozalar asosida yashaydi va faqat mustahkam ichki e’tiqodga ega bo‘lgan insongina yuksak cho‘qqilarga erishi mumkin", - deydi Zorin.
Qasida o‘zbek tiliga taniqli jurnalist, shoir va tarjimon Karim Bahriyev tomonidan tarjima qilingan.
Yangiliklar lentasi
0