Suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash uchun subsidiyalar ajratiladi

© unsplash/Markus Spiskevodosberegayushie texnologii v selskom xozaystve
vodosberegayushie texnologii v selskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
Paxta va don ekin maydonlarida suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash uchun subsidiyalar ajratiladi.
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Hukumat qarori bilan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, talabgorlarga 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
ko‘chma generatorlar uskunalarini sotib olish xarajatlarining 30 foizigacha, biroq 30 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Talabgorlar subsidiya ajratish yuzasidan ariza bilan tuman hokimligiga murojaat qiladi. Shunga ko‘ra, hujjatlar murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida o‘rganib chiqiladi.

Hududiy ishchi guruh:

har 10 kunda talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni tushgan kundan e’tiboran umumlashtirib, tahlil qiladi;
subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatini 1-avgustgacha Suv xo‘jaligi vazirligiga, 20-noyabrgacha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.
Shunga asosan, vazirliklar tomonidan subsidiyalar tegishlicha 10-avgustgacha hamda 1-dekabrgacha ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0