Samarqanddagi qabristonda yong‘in yuz berdi

© Press-slujba FSB po Samarkandskoy oblastiPojar v MTP Akdarinskogo rayona
Pojar v MTP Akdarinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida qabristondagi taxminan 4 sotix maydonda quruq o‘t yongan.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi qabristonda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in 8-iyun kuni tumanning Mustaqillik mahallasidagi "Qang‘li" qabristonida chiqqan. Tuman FV bo‘limiga yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar soat 15:01 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:28 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida taxminan 4 sotix maydonda quruq o‘t yongan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Samarqanddagi ikkita korxonada yong‘in chiqdi – video
Yangiliklar lentasi
0