Rossiyada maymun chechagiga qarshi yangi vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda

© Pexels / Artem PodrezAmpula s vaksinoy, illyustrativnoe foto
Ampula s vaksinoy, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatda maymun chechagiga qarshi yangi vaksina sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Rossiyada hozir maymun chechagiga qarshi yangi vaksina va dori vositalari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

“Hozir maymun chechagiga qarshi yangi vaksina va uni davolash uchun dori vositalari sinovi o‘tkazilmoqda”, - dedi u Murashko Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining yig‘ilishidan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida.

U bugungi kunda ShHT mamlakatlari sog‘liqni saqlash tizimlari oldidan turgan vazifalardan biri yangi tahdid va chaqiriqlarga, masalan, maymun chechagi virusiga tegishlicha munosabat bildirishning birgalikda yondashuvini ishlab chiqish ekanini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Uning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan.
Yangiliklar lentasi
0