O‘zbekistonda “Usmon Mushafi”ning aynan nusxasi yaratildi

© Foto: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonda "Usmon mushafi"ning aynan nusxasi yaratildi.
O‘zbekistonda Usmon mushafining aynan nusxasi yaratildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda saqlanayotgan “Usmon Mushafi” (dunyoda “Toshkent Qur’oni” nomi bilan tanilgan) dunyo sivilizatsiyasi tarixidagi eng nodir manba sanaladi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda taniqli xattot Habibulla Solih “Usmon Mushafi”ning aynan nusxasini yaratdi. Bu haqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xabar berdi.
"Usmon Mushafi"ning nusxasi jami 586 betdan iborat bo‘ldi. Xattot asl nusxa sahifalarining cheti va ba’zi varaqlar yarmigacha nobud bo‘lgan qismlari xuddi o‘zidek tiklashga harakat qilgan. Buning uchun u ikki yil tinimsiz mehnat qilgan.
Xattotning so‘zlariga ko‘ra, u mahobatli inshoot barpo etilishidan ilhomlangan va imkon darajasida hissa qo‘shish niyatida nusxa ko‘chirgan.
“Buzoq terisidan maxsus tayyorlangan sahifalarga, mushaf matnining yoniga barcha uchun oson va tushunarli o‘qilishi maqsadida "nasx" uslubida o‘qilishini ham alohida yozdim”, - deydi Habibulla Solih.
"Usmon Mushafi"ning aynan ko‘chirilgan nusxasi Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etilgan. Endi u markazning eng qimmatbaho eksponatlaridan biri sifatida saqlanadi.
Misrlik talaba qiz Qur’onni to‘liq ko‘chirib yozdi
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda saqlanayotgan “Usmon Mushafi” (dunyoda “Toshkent Qur’oni” nomi bilan tanilgan) dunyo sivilizatsiyasi tarixidagi eng nodir manba sanaladi. U VII asrda (644-648 yy.) kiyik terisiga hijoz xatida yozilgan va muqovalangan.
“Usmon Mushafi” 1997-yil xalqaro YuNESKO tashkilotining dunyo xotirasi ro‘yxatiga kiritilgan. Mushaf “Hazrati Imom” majmuasi “Mo‘yi Muborak” madrasasi muzeyida saqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0